Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda

Qashqadaryo viloyatida aholini kuz-qish mavsumida elektr, gaz va isitish resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror ishlatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov aholiga qilgan murojaatida yil davomida bajarilgan vazifalar, mavsum oldidan ko‘rilgan chora-tadbirlar va oldinda turgan maqsadlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Hokim ta’kidlaganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Qashqadaryo iqtisodiyotida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. So‘nggi yillarda viloyatda sanoat korxonalari soni ikki barobarga, xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari esa uch barobarga oshdi.

Qariyb 5 milliard dollarni tashkil etuvchi minglab investitsiya loyihalari amalga oshirilib, aholi uchun 21 ming xonadonli 500 ga yaqin ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Joriy yilda esa yana 7 700 xonadonli 176 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Ushbu qurilish va sanoat rivojlanishi tabiiyki energiya resurslariga talabni oshirmoqda. Shu bois kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish viloyat iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Bugungi kunda viloyatda 805 mingdan ortiq iste’molchiga elektr energiyasi 202 ta podstansiya, 32 ming kilometr elektr tarmog‘i va 11 mingga yaqin transformator orqali yetkazib beriladi. Mavsumga tayyorgarlik doirasida 3 ming 200 kilometr elektr tarmog‘i ta’mirlandi, 1 ming 56 ta transformator yangilandi, 186 ta yangi transformator o‘rnatildi. Qarshi shahridagi Sohil va Kasbi tumanidagi Denov podstansiyalari yuqori quvvatli uskunalar bilan jihozlandi.

Shuningdek, avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ehtiyot qismlar zaxirasi shakllantirilib, tezkor ta’mir brigadalari zarur texnika va malakali mutaxassislar bilan ta’minlandi.

Viloyatda 204 ming iste’molchi tabiiy gaz, 590 ming iste’molchi suyiltirilgan gazdan foydalanadi. O‘tgan davr mobaynida 24 kilometr gaz quvuri rekonstruksiya qilindi, 38 kilometr quvurda bosim ostida sinov o‘tkazildi, 400 kilometr yer osti tarmoqlari tekshirildi, 300 kilometr gaz tarmog‘i tartibga keltirildi.

Mavsum uchun yetarli miqdorda 3 ming 500 dona gaz balloni zaxira qilingan bo‘lib, olis hududlarga ham maxsus texnika va xizmat mashinalari biriktirilgan.

Joriy yilda Qashqadaryo viloyatiga 161 ming tonna ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Uning 78 ming tonnasi ijtimoiy soha ob’ektlariga, 83 ming tonnasi esa aholi ehtiyoji uchun yo‘naltiriladi.

Bugungi kunga qadar 50 ming tonnadan ortiq ko‘mir keltirilib, 1 ming 300 tonnasi olis mahallalarga yetkazildi. Ijtimoiy soha va ko‘p qavatli uy-joylar to‘liq tayyor holga keltirildi. Mavsumga tayyorgarlik doirasida 341 ta ko‘p qavatli uy (11 ming xonadon)da ta’mirlash ishlari bajarildi, 105 ta ijtimoiy soha ob’ektida – bog‘cha, maktab, oliygoh va shifoxonalarda ta’mir yakunlandi. Ta’lim muassasalaridagi 1,5 mingta isitish qozoni yangisiga almashtirildi. Umumiy hisobda 16 milliard so‘m mablag‘ energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirildi.

Shu bilan birga, Prezident tashabbusi bilan 134 ming oilaga bir martalik 1 million so‘m moddiy yordam to‘lab berildi.

Viloyat hokimi voha aholisini elektr va gazdan tejamkorlik bilan foydalanishga, isitish tizimlarini tekshirib borishga, is gazi xavflaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, isitish uskunalari texnik holati tekshirilishi, dudburonlar muntazam tozalanishi, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Shuningdek, fuqarolardan kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan holatda tezkor ravishda mas’ul idoralarga murojaat qilish, noto‘g‘ri axborotlarga ishonmaslik so‘raldi.

Hokim murojaatida butun respublika bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida Qashqadaryo aholisini ham faol ishtirok etishga chorladi. Har bir xonadon, mahalla va ish joyida ko‘chat ekish, tabiatni asrash – umumiy burch ekani ta’kidlandi.

Murojaat yakunida Murotjon Azimov viloyatda mavsumni betalafot, barqaror o‘tkazish barcha idoralar, xizmatlar va aholining hamjihatligiga bog‘liq ekanini ta’kidladi.

Viloyat hokimligi va barcha mas’ul tuzilmalar aholi turmushini yaxshilash, energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlash yo‘lida ishlar izchil davom ettirilishini ma’lum qildi.

05.12.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Iyun 202421 Iyun 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar