
Og‘ir hayotiy sharoitga tushgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning farzandlarini ijtimoiy asrash va ayollarning xavfsiz muhitda hayotini davom ettirishiga imkon yaratish yo‘lida davlat tomonidan muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Ona uyi” resurs markazi o‘rtasida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki muhim reglament tasdiqlandi. Ushbu hujjatlar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni resurs markaziga yo‘naltirish jarayoni hamda ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tartibini belgilab beradi, deyiladi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotida.
Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy yetimlikning oldini olish maqsadida turar joysiz, moddiy imkoniyati cheklangan, oila yoki turmush o‘rtog‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydigan, farzandini tarbiyalashdan voz kechish xavfi mavjud bo‘lgan ayollar, shuningdek, turmush o‘rtog‘i yoki yaqin qarindoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan ayollar “Ona uyi” resurs markaziga yo‘naltiriladi.
Markaz 16 yoshdan katta, ammo 40 yoshdan oshmagan ayollarni homiladorlikning so‘nggi uch oyligidan boshlab, shuningdek, 6 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bilan birga qabul qiladi. Yashash muddati shartnoma asosida to‘qqiz oygacha etib belgilangan.
Eng muhim jihati shundaki, markazga joylashtirilgan ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga barcha ijtimoiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |