
Jizzax viloyatida fuqarolarning huquqiy masalalarini joyida hal etish maqsadida sud organlari tomonidan Zafarobod tumanida sayyor qabul tashkil etildi.
Madaniyat markazi binosida o‘tkazilgan ushbu tadbirda viloyat sudlari mutasaddilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida o‘n nafar fuqaroning arizalari ko‘rib chiqildi: ulardan oltitasi fuqarolik, uchtasi jinoyat va bittasi ma’muriy sud ishlariga oid edi.
Sud xodimlari har bir murojaatni diqqat bilan o‘rganishib, fuqarolarga qonuniy tushuntirishlar berdilar, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yig‘ilish natijasida to‘qqiz nafar murojaatchi joyida huquqiy yordam oldi, bir nafarining masalasi esa qabul davomida ijobiy hal qilindi. Albatta, bunday sayyor qabullar aholiga qulaylik yaratish, ularning muammolarini zudlik bilan hal etish hamda davlat idoralari faoliyatida ochiqlik va samaradorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |