
Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Sirdaryo viloyatida ham Davlat xizmatlari agentligining viloyat boshqarmasi va uning joylardagi markazlari tomonidan aholiga “Fuqarolar emas hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida belgilangan xizmatlar koʻrsatilmoqda.
Guliston shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan aholiga 103 turdagi xizmatlar koʻrsatilib, odamlarning turli idoralar orasida sarson boʻlishi, vaqti behuda ketishining oldi olinmoqda.

– Endilikda Davlat xizmatlari agentligining viloyat boshqarmasi hamda hududlardagi markazlari davlat xizmatlari koʻrsatish uchun chekka hududlarda, korxona tashkilotlarda sayyor xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻydi, – deydi Davlat xizmatlari boshqarmasi yurist konsulti Madina Tursunova. – Bu oʻz navbatida, aholiga koʻpgina qulayliklar yaratmoqda. Jumladan, Guliston shahar davlat xizmatlari markazi hamda 6-sonli davlat notarial idorasi notariusi tomonidan sayyor davlat xizmatlari hududdagi “Zinnur” masʼuliyati cheklangan jamiyatida tashkil etildi. U yerda oʻtkazilgan tadbir davomida 400 nafarga yaqin murojaatchiga fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminotini hisobga olish, jismoniy shaxslar uchun soliq toʻlovining indentifikatsion raqamini berish va boshqa shu kabi xizmatlar koʻrsatildi.
Shuningdek, markaz xodimlari va notarius tomonidan fuqarolar bilan yakkama-yakka suhbat oʻtkazilib, ularni qiynayotgan masala va muammolar aniqlandi. Ularga ana shu muammolar yuzasidan malakali huquqiy maslahat hamda vakolat doirasida amaliy yordam koʻrsatildi.
A.Qayumov, OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |