
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhar Olimova Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi bir necha mahallalarda sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqotlar davomida aholini qiynayotgan muammolar ochiq bayon etildi va ularni joyida o‘rganish, tegishli idoralar bilan hamkorlikda yechim topish yuzasidan amaliy ishlar belgilandi.
Shuningdek, deputat Navro‘z, Farhod, Ma’naviyat va Ijodkor mahallalarida bo‘lib, mahalla faollari va saylovchilar bilan ochiq muloqotlar olib bordi. Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, infratuzilma, ta’lim muassasalari xavfsizligi va debitor qarzdorlik bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Xususan, Ijodkor va Ma’naviyat mahallalarida 28 milliard so‘mlik noreal deb hisoblanayotgan qarzdorlik masalasi aholi noroziligiga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. Mahalla faollari bu masala yuzasidan adolatli yechim talab qilmoqda.
Shu bilan birga, Ma’naviyat mahallasining ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimi va ichki ko‘chalar holati aholi uchun jiddiy muammolardan biri sifatida qayd etildi.
Beruniy mahallasida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabining katta yo‘l bo‘yida joylashgani o‘quvchilar uchun xavf tug‘dirayotgani bildirildi. Mahalla raisi Isoqul G‘afforov ta’lim muassasasiga olib boruvchi 250 metrlik piyodalar yo‘lagini betonlashtirish zarurligini deputatga yetkazdi.
Fuqarolar tomonidan oqova suv nasosi tuman obodonlashtirish bo‘limi balansiga o‘tkazilishi, yo‘l ta’miri va boshqa infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan ham amaliy yordam so‘raldi.
Deputat har bir masalani diqqat bilan eshitib, ularni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda joyida o‘rganish va rasmiy murojaatlar yuborish yuzasidan topshiriqlar berdi. Ushbu uchrashuvlar xalq dardini eshitish, ularning kundalik turmushiga ta’sir qilayotgan muammolarni aniqlash va yechim topishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |