
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi K. Tarixov Amudaryo va To‘rtko‘l tumanlari fuqarolari uchun onlayn qabul tashkil etdi. Unda aholining sud-huquq masalalariga oid turli murojaatlari tinglandi va ularga huquqiy hamda amaliy tavsiyalar berildi.
Videokonferens aloqa rejimi orqali tashkil etilgan onlayn qabulda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar, jumladan, meros, oilaviy nizolar, mulk huquqlari, ishdan bo‘shatish, sud qarorlarini ijro etish bilan bog‘liq muammolari yuzasidan murojaatlar yo‘lladi.
Ta’kidlanganidek, sud-huquq sohasida fuqarolarning murojaatlarini bevosita eshitish, ularga huquqiy maslahatlar berish va muammolarini hal qilishga ko‘maklashish davlat organlarining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Shu ma’noda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan onlayn qabullar fuqarolar uchun katta qulaylik yaratmoqda. Jumladan, jismonan sud binosiga borish imkoniyati yo‘q yoki uzoq hududda yashovchi fuqarolar onlayn muloqot orqali o‘z muammosini oson yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa sud tizimining odamlar ichiga chuqurroq kirib borishi, xalq dardiga quloq tutishi va hayotiy muammolarni adolat asosida hal etishga intilayotganidan dalolat beradi.
Sud raisi tomonidan har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, fuqarolarga qonunchilik doirasida asosli tushuntirishlar berildi. Ayrim hollarda murojaat qilishga asos bo‘lgan vaziyatlar yuzasidan sud hujjatlari qayta o‘rganilishi va tegishli organlarga iltimosnoma yuborilishi belgilandi.
Onlayn qabul jarayonida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ularga amaldagi milliy qonunchilik, fuqarolik-protsessual va ma’muriy ish yuritish tartibi, murojaat etish huquqlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar ham berildi.
Maqsad – fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, sud organlari va aholi o‘rtasida ochiqlik, ishonch va o‘zaro muloqotni kuchaytirishdir. Bunday tashabbuslar fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilish, og‘irini yengillashtirish, eng muhimi, sud organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va fuqarolarning sudga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |