2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sektor rahbarlari muammolarni joyiga borib oʻrganmoqda

Mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgani bugun Sirdaryo viloyatida ham oʻz samarasini bermoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 19 fevral kuni mazkur viloyatga qilgan tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasida ham sektor rahbarlariga alohida masʼuliyat yuklanadi.

 

Belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Guliston shahar 4-sektor tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholi turmush-tarzi bilan yaqindan tanishish, imkoniyati cheklangan fuqarolar hayotini oʻrganish, xonadonlardagi muammolarga yechim izlashda ushbu sektor faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Sektor tomonidan imkoniyati cheklangan fuqarolar bilan tashkil etilgan uchrashuv ham bunga yaqqol misoldir. Uchrashuvda davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga tashrifi va unda berilgan vazifalar hudud aholisining farovon hayotini taʼminlashga qaratilgani taʼkidlandi.

 

Unga koʻra, bugungi kunda viloyatdagi xotin-qizlar bandligi, joylarda yengil tipdagi tikuv sexlari qurish, yoshlarni sportga jalb etish, ular uchun toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, yosh avlodning kitobga mehrini uygʻotish kabi qator chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim masalalardan. Shu bilan birga, aholi tomorqalarida koʻkalamzorlashtirish, boʻsh turgan yerlardan unumli foydalanish kabi bir qator vazifalarni bajarishda sektorlar ishining yoʻlga qoʻyilgani ayni muddao boʻldi.

 

photo5440472809882102271.jpg

 

Guliston shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan shu hududda yashovchi xonadonlar hayoti oʻrganilar ekan, bu jarayonda ularning muammolarini koʻrib chiqish, yaqindan koʻmak berish masalalariga eʼtibor qaratildi. Masalan, shahardagi Ulugʻyoʻl, Maʼnaviyat, Madaniyat mahallalarida yashovchi fuqarolar hayoti bilan tanishib, mavjud muammolarni yechishda koʻrsatmalar berildi.

 

– Aholi farovon hayoti taʼminlanishiga ishimizning asosiy vazifasi sifatida qarab, mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikni kuchaytirdik, – dedi Guliston shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Jahongir Rajabov. – Tadbir jarayonida banklardan imtiyozli kredit olish, tomorqadan samarali foydalanish borasidagi masalalarga eʼtibor qaratilyapti. Oʻrganishlar vaqtida aholini qiynab kelayotgan bir qator masalalar joyida hal etildi, xususan, 17 nafar tijorat bankidan kredit olish istagini bildirgan fuqaroga pul mablagʻini ajratish boʻyicha bank xodimlariga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning muammolarini oʻrganish va ularni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar holati yuzasidan guruh aʼzolarining hisoboti eshitilib, tanqidiy muhokama etildi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

23.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar