2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xizmat avtomashinalari topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar-tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 16 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinasi tantanali topshirildi.

Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi rahbari H.Halimov va boshqalar Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilayotgan alohida yuksak samaralar berayotganini taʼkidladi.

 

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va unga yechim topishda kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda. Ushbu hujjat bilan Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlashi va hal qilishi, davlat organlarining xalq bilan bevosita ishlashini nazarda tutadigan yangi tizim joriy qilinmoqda.

 

Shahar va tuman Xalq qabulxonalarining xizmat avtomashinalari bilan taʼminlanishi ularning xalq orasiga kirib borishi, muammolarning tezda yechim topishiga xizmat qiladi. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasidek yer maydoni keng hudud uchun bu gʻoyat muhimdir.

 

– Bu kabi eʼtibor va gʻamxoʻrlik bizga yanada ulkan masʼuliyat yuklaydi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanidagi Xalq qabulxonasi rahbari B.Mamutov. – Aholi, xususan, nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning muammolariga qisqa muddatda yechim topishda muhim ahamiyatga ega.

 

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov soʻzga chiqdi.

 

Yesimxon Qanoatov, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA

22.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Mart 202422 Iyun 2024Toshkent viloyati
Тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш учун кредитИшонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati

Foydali resurslar