2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Moslashtirish markazi” muammolarga yechim topmoqda

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar doirasida inson qadrini yuksaltirish va imkoniyati cheklangan shaxslarni jamiyatga moslashtirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilmoqda.

Ana shunday tashabbuslardan biri – Ijtimoiy himoya milliy agentligi va protez-ortopediya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamkorligida amalga oshirilayotgan “Moslashtirish markazi” ijtimoiy loyihasidir.

“Moslashtirish markazi” loyihasining asosiy maqsadi davlat ko‘magi ostida zamonaviy protez vositalari bilan ta’minlangan nogironligi bo‘lgan fuqarolarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, mazkur vositalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Ba’zi fuqarolar yangi protez vositalarini olgan bo‘lsa-da, ulardan samarali foydalana olmasligi natijasida kundalik hayotda to‘liq harakatlana olmaydi. Loyiha aynan ana shunday muammolar yechimiga qaratilgan.

Loyihaning birinchi bosqichi Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilmoqda. Hozirda viloyatning Yakkabog‘ tumanidagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida protez vositalari taqdim etilgan 15 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga mutaxassislar tomonidan maxsus moslashtirish mashg‘ulotlari tashkil qilinmoqda. Bu mashg‘ulotlar 10 kun davom etar ekan, har bir ishtirokchining shaxsiy ehtiyojlari inobatga olingan holda, individual yondashuv asosida amalga oshirilmoqda.

Markazda ishtirokchilar nafaqat texnik jihatdan moslashish imkoniyatiga, balki statsionar ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan ham foydalanish huquqiga ega. Ular uchun maxsus yashash joylari, psixologik va tibbiy yordam, ijtimoiy maslahatlar ham tashkil etilgan. Bu esa loyiha doirasida fuqarolarning jismoniy moslashuvi bilan bir qatorda, ularning ruhiy va ijtimoiy qayta tiklanishini ham ta’minlashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, “Moslashtirish markazi” loyihasi kelgusida boshqa hududlarda ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu esa yurtimizdagi ko‘plab imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochishi bilan birga, ularning jamiyatga to‘liq integratsiyalashuviga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

08.06.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar