Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Fuqarolar murojaati ijobiy hal etilmoqda

Sirdaryo tumanidagi Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga joriy yilning shu buguniga qadar 3816 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 1989 tasi yoki 52 foizi ijobiy hal etildi. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 502 taga kamayib, 12 foizlik pasayish qayd etildi.

– Aholi murojaatlari asosan tergov harakatlari, ish bilan ta’minlash, sud hujjatlari, aliment undirish, yo‘llarni ta’mirlash, huquqbuzarliklar, davolanish orderlari, ichimlik suvi to‘lovlari, imtiyozli kreditlar va elektr ta’minotidagi uzilishlar bilan bog‘liq masalalarni qamrab olgan, – deydi Sirdaryo tuman Xalq qabulxonasi mudiri Tursunboy Karimov.

Shu davr mobaynida Sirdaryo tumanidagi tashkilot rahbarlari tomonidan 163 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, 318 dan ortiq fuqaro murojaati tinglandi. Ulardan 241 tasi (75%) ijobiy hal etildi, 52 tasiga tushuntirishlar berildi, qolganlari esa nazoratga olindi.

Muammolarni joyida hal qilishga qaratilgan sayyor qabullar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan mahallalarda ham faol o‘tkazilmoqda. Ijobiy hal etish imkoni bo‘lmagan masalalarni viloyat va respublika darajasida hal etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda va jamoatchilikka tegishli ma’lumotlar muntazam yetkazib borilmoqda.

Yurtimizda davlat idoralari faoliyatida xalq manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu bois Sirdaryo tuman Xalq qabulxonasi aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etib, murojaatlarning yechimiga katta e’tibor qaratuvchi markazga aylanmoqda.

30.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar