2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qurilish ishlari xalq bilan bamaslahat amalga oshiriladi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev viloyatda olib borilayotgan qurilish, obodonchilik va bunyodkorlik ishlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu fikrni qayta-qayta ta’kidladi.

– Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Samarqand viloyatida ham keng ko‘lamli qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, hududlar obod qilinyapti, – dedi A.Boboyev. – Bundan xabardorsizlar, bevosita guvoh bo‘lib turibsizlar. Lekin barcha yurtdoshlarimiz ham bu haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarda, o‘zaro suhbatlarda turli xil fikrlar ham bildiriladi. Shuning uchun bugun sizlar bilan yuzma-yuz gaplashib, ayrim yirik loyihalar haqida ma’lumot berishni, sizlarning takliflaringizni eshitishni, qiziqtirayotgan savollaringizga javob berishni lozim topdik. 

Viloyat rahbari dastlab yirik loyihalardan biri – “Shirin” ishbilarmonlik markazi haqida ma’lumot berdi. Zarafshon daryosi bo‘yida 665 gektar maydonni egallagan mazkur loyiha turar-joylar, ma’muriy va biznes markazlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, ko‘ngilochar maskanlar, shuningdek, zamonaviy transport va muhandislik kommunikatsiyalarini o‘z ichiga oladi. Shaharchani barpo etish 4 ta bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda daryo ustida ko‘prik qurilgach, uning ikki tomonidagi 100 gektar yer maydonida qurilish ishlari amalga oshiriladi. Keyin navbatdagi bosqichlarda ish olib boriladi. Aholi uchun ijtimoiy infratuzilma to‘liq yaratiladi, ya’ni maktab, bolalar bog‘chasi, poliklinika, mahalla binolari, uchastka noziri punktlari quriladi. 

Shundan so‘ng viloyat hokimi Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida joylashgan 4,7 gektar maydondagi Mahdumi A’zam ziyoratgohi, Samarqand shahridagi 2,2 gektar hududda restavratsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan Imom Moturidiy majmuasi haqida ma’lumot berdi.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Imom Moturidiy majmuasini kengaytirish va obod qilish jarayonida uy-joyi ko‘chirilayotgan yoki bir qismi olib qo‘yilayotgan har bir oila rozi qilingan holda, ular uchun turar joy, kompensatsiya mablag‘i berilib, keyin bu ish amalga oshirilmoqda, – dedi viloyat rahbari. – Hech kimning xohishiga qarshi ish qilinayotgan emas. Bundan tashqari, O‘zbekiston ko‘chasidagi harbiy gospital o‘rnida aholi uchun dam olish maskani, istirohat bog‘i tashkil etamiz. 5,4 gektar hududda ko‘p yillik manzarali daraxtlar mavjud va loyihaga ko‘ra, ular to‘liq saqlab qolinadi, bog‘ning asosiy qismini yashil maydon tashkil etadi. Hududdagi madaniy meros ob’ekti sifatida ro‘yxatga olingan binolarga zarar yetkazilmagan holda ulardan muzey, kutubxona, kreativ to‘garaklar sifatida foydalanamiz. Bog‘ hududida pavilionlar, yopiq va ochiq attraksionlar, nuroniylar maskani, sport va sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etiladi. Qorasuv massividagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi ishlarni ham davom ettirib, bu maskanni shu hududda yashovchi aholi hordiq chiqaradigan ko‘rkam istirohat bog‘iga aylantiramiz.

Viloyat yetakchisi Samarqand shahridagi temir yo‘l orti qismida 3 mingga yaqin ma’nan eskirgan uy-joy o‘rnida renovatsiya loyihasi asosida 100 ming aholi uchun mo‘ljallangan ko‘p xonadonli uy-joylar massivi qurilishi, Samarqand shahridan Urgut tumaniga tortilayotgan temiryo‘l tarmog‘i haqida ham ma’lumot berdi.

Matbuot anjumanida viloyatda ijtimoiy soha ob’ektlari, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi, yashil bog‘lar tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoqlar faollarining mavzu yuzasidan savollariga batafsil javob berildi, takliflar eshitildi.

– Samarqandni yanada obod qilish, turizmni iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish va aholi uchun har tomonlama munosib turmush sharoiti yaratish borasida ko‘p rejalarimiz bor, – dedi tadbir yakunida A.Boboyev. – Ularning ayrimlari haqida bugun ma’lumot berdik. Shu bilan birga bugun sizlarning savol, taklif va mulohazalaringizni eshitib, o‘zim ham ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Shuning uchun bunday uchrashuvlarimizni muntazam o‘tkazib boramiz va yirik loyihalarni amalga oshirishda sizlarning, umuman, xalqimizning fikri biz uchun juda muhim. 

25.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar