Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov Gazli shahri va Romitan tumani aholisi, shuningdek, tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
O‘tgan yillar davomida ko‘p millatli Gazli shaharda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, odamlarning hayot darajasini oshirish ishlariga katta e’tibor qaratildi. Masalan, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Uchqir” gazni oltingugurtdan tozalash propan butan aralashmasini olish qurilmasini qurish bo‘yicha qiymati 49,4 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilgani shaharning sanoat salohiyatini yanada oshirdi. Shuningdek, “Gazli ko‘p tarmoqli sport majmuasi”ning qad rostlagani esa cho‘lquvarlar oilalarini sportga hamnafas yashashlari, jismonan baquvvat bo‘lishi uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
Yutuqlar bilan kamchilik va muammolar ham talaygina. Misol tariqasida aytish mumkin, shaharda chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolar ko‘plab topiladi. Biroq ekinlarni sug‘orish uchun imkon yo‘qligi odamlarda tushkunlik kayfiyatiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidan tashqari yirik ishlab chiqarish sub’ektlari bo‘lmaganligi bois cho‘l hududi aholisini ishli va daromadli qilish asosiy muammoga aylangan.
Botir Zaripovning shahar aholisi bilan ochiq muloqotida ayni shu jihatlar tilga olindi. Ochiq, samimiy ruhda kechgan muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalar va ularning yechimiga e’tibor qaratildi. Hududni yanada rivojlantirish takliflari o‘rganildi.
Qabulga kelgan 80 nafar fuqaroning jami 97 ta murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 7 tasi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tuzilib, tegishli mas’ullarga muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabulda asosan ishga joylashish bo‘yicha murojaatlar kelib tushganligi bois viloyat hokimi mazkur masalaga ijobiy yechim topish zarurligini ta’kidlab, bu boradagi taklif va tashabbuslarni ham o‘rgandi.
– Hududda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari anchagina. Shu ob’ektlarni tashabbuskorlarga qonuniy tartibda berish orqali kichik-kichik ishlab chiqarishni tashkil qilsa bo‘ladi. Viloyat rahbari sifatida qanday yordam kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashga tayyorman. Ham odamlar daromad manbaiga ega bo‘ladi, ham o‘sha tashlandiq holda yotgan binoga fayz kiradi, – dedi Botir Zaripov.
Shahardagi tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqotda viloyat hokimi turli masalalar yuzasidan fikr almashdi. Puxta o‘ylangan takliflar bo‘yicha yakdil qarorga ham kelindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |