2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Arnasoyning qiyofasi tubdan oʻzgaradi

Birlikda baraka bor, birlashgan murodga yetar, deyishadi. Agar ezgu ishning boshi tutilsa, uni qoʻllab-quvvatlovchilar, hissa qoʻshish istagida boʻlganlar tez uyushadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq va mahallalarni obod qilishga qaratilgan harakatlar bugun mamlakat boʻylab keng quloch yozayotgani ham shundan.

Jizzax viloyati Doʻstlik tumani Manas qishlogʻidan boshlangan “Obod qishloq” dasturi Mirzachoʻlning qator shahar va mahallalarida keng koʻlamda davom etdi. Hududlarda roʻy berayotgan bunday obodlik va oʻzgarishlar odamlar turmushiga, kayfiyatiga ham koʻchdi.

 

ad99c09e-09e2-4cfa-a10a-f12f30d89793.jpg  

 

Yaqin istiqbolda Jizzax viloyatining Arnasoy tumani ham ilgʻor hududlardan biriga aylanadi. Bugun bu hududda yashash uchun qulay sharoit, yangi ish oʻrinlari yaratish, inshootlarning meʼmoriy qiyofasini koʻrkamlashtirishga kirishildi.

 

Mamlakatimizda odamlarni turmushidan rozi qilish, ularning hayot sifati darajasini yanada oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini taʼminlash maqsadida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu tadbirlarda ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

 

Prezidentimizning joriy yil 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi chogʻida bergan topshiriqlari hamda 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida Ichki ishlar vazirligi viloyatning Arnasoy tumani markazini obod hududga aylantirishga masʼul boʻlmoqda. Bu ishlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun tarkibida ichki ishlar va hokimlik vakillari boʻlgan 11 ta ishchi guruh tuzildi.

 

Ishchi guruhlar ayni kunlarda tuman markazidagi Gʻoliblar shaharchasi hamda Bobur va Gʻafur Gʻulom nomidagi mahallalar, Oltin vodiy qishlogʻidagi 41 ta koʻp qavatli uy va 1 ming 700 dan ortiq yakka tartibdagi turar joylar yonida qurilgan noqonuniy binolarni buzish choralarini koʻrmoqda. Bu tadbirga zarur yuk tashish, ortish mashinalari, boshqa yumushlar uchun buldozer, avtogreyder, ekskavator, avtokranlar jalb etildi.

 

Qariyb 16 ming nafar aholi istiqomat qiladigan tuman markazining meʼmoriy bosh rejasini tayyorlash ishlari ham yakunlanish arafasida. Yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari, istirohat bogʻlari, beton ariqlar, yer osti suvlarini qochirish drenajlari barpo etiladi. Dastur boʻyicha yuqumli kasalliklarni davolash boʻlimi, 7 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 4 ta mahalla guzari, Nuroniylar maskani, kutubxona, savdo majmualari, “Goʻzallik saloni”, hammom, sartaroshxona, tikuvchilik sexi kabi obyektlar ishga tushiriladi.

 

Bundan tashqari, 12 kilometr uzunlikda ichimlik suvi, 3 kilometrlik oqova suv, 20 kilometr masofaga elektr, 2 kilometrdan ortiq gaz, 11 kilometrlik ichki irrigatsiya tarmoqlari tortiladi. Tashkil etiladigan 13 ta bolalar maydonchasi, 1 ta suzish havzasi, taʼmirlanishi kutilayotgan tuman tibbiyot birlashmasi binosi aholi salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat xizmatlari agentligi binosi, madaniyat saroyi, masjid taʼmirdan chiqariladi.

 

e4fad2d7-8c26-4d30-8037-3d0ee22d9ea0.jpg  

 

Tuman bandlikka koʻmaklashish markazi, prokuratura, majburiy ijro byurosi, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi, obodonlashtirish boshqarmasi jamoalari ham yangi binolarga ega boʻladi. Zamonaviy majlislar zali, yoshlar bogʻi, stadion quriladi. Bir soʻz bilan aytganda, tuman markazining qiyofasi tubdan oʻzgaradi.

 

– Bu ishlarda boshqarmamizning 60 nafar, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining 10 nafar xodimi ishtirok etmoqda, – deydi Jizzax viloyati IIB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Sharof Shukurov. – Biz aholiga “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlarining ahamiyati toʻgʻrisida tushuncha berish bilan birga, noqonuniy inshootlarni buzish, qurish, taʼmirlash jarayonlarini, ish sifati hamda texnikalar faoliyatini nazorat qilyapmiz. Oʻzimiz ham hasharda faol qatnashmoqdamiz. Ayni paytda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlashga ham eʼtibor qaratilmoqda. Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, davolanish uchun yoʻllanma, nogironligi boʻlgan shaxslarga aravacha hamda eshitish moslamalari ajratish choralari koʻrilyapti.

 

Tabiiyki, katta bunyodkorlik ishlari boshlangan tumanda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, yoʻl harakati, yongʻin, texnika xavfsizligi masalalari ham doimiy eʼtiborda boʻladi. Joriy yilda tuman ichki ishlar boʻlimi va harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi binosi taʼmirdan chiqariladi, yangi yongʻin oʻchirish texnikasi bilan taʼminlanadi. Yoʻl-patrul xizmati binosi quriladi. 4 ta aholi punktida 8 ta jamoatchilik nazorat maskani barpo etiladi. 41 ta koʻp qavatli uy, 28 ta koʻcha, yoʻl kesishmalari va aholi gavjum joylarga kuzatuv kameralari va 150 ta tungi yoritgich oʻrnatiladi. Bularning barchasi jinoyatlarning oldini olish imkoniyatini kengaytiradi.

 

Hududda tobora qanot yoza boshlagan bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlari odamlar kayfiyatida ham namoyon boʻlmoqda. Aholi noqonuniy inshootlarni buzish ishlarida faol qatnashmoqda.

 

Ishbilarmonlar yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, tadbirkorlik bilan bogʻliq rejalarini amalga oshirishga bel bogʻlagan. Tumanda ishbilarmonlar tomonidan 2 ta mini-futbol maydoni, 4 ta non ishlab chiqarish sexi, 3 ta savdo shoxobchasi, 3 ta “Goʻzallik saloni”, 6 ta tikuvchilik sexi, shuningdek, ovqatlanish shoxobchasi, toʻyxona, qandolatchilik sexi, dorixona va bozor faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

 

– Hududda 100 ta ish oʻrniga ega yengil sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda, – deydi tuman hokimi oʻrinbosari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Gulzoda Haydarova. – Bu korxonada ishni ikki smenada tashkil etish va ish oʻrinlari sonini ham ikki hissaga koʻpaytirish choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, bu yil yana 6 ta ana shunday korxona ishga tushiriladi. Ish oʻrinlari soni 1 ming 200 taga yetkaziladi. 10 nafar xotin-qizga tadbirkorlik uchun 7 foizlik kreditlar ajratilmoqda. 2 nafar ayol xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi ochdi. Yana 5 nafari ana shunday muassasa faoliyatini yoʻlga qoʻyish ustida ishlayapti.

 

Yaxshi dam – mehnatga hamdam, deydilar. Tuman markazini obod qilayotganlar hamda hudud aholisi uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlar, konsert dasturlari, ijod ahli bilan uchrashuvlar oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

I.AVVALBOYEV, OʻzA muxbiri

19.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar