
Xalqimizga xos ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmon jamoatchilik tomonidan ko‘tarinki ruhda qarshi olindi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 488 nafar shaxs afv etildi. Ular qatorida Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi 18 nafar shaxslar ham bor.
Buxoro viloyati prokurori U.Hamidov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i I.Tursunov boshchiligidagi mas’ullar afv etilgan 18 nafar buxorolik fuqarolarning muammolarini o‘rganib, ularning murojaatlari bo‘yicha manzilli chora tadbirlarni belgiladi.
Shuningdek, afv etilib, oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytgan ushbu fuqarolarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ko‘mak berish borasida “mahalla yettiligi”, tegishli korxona va tashkilotlar vakillariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |