Joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimizning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvida ushbu soha rivoji yo‘lida biznes egalari uchun alohida yengilliklar va imkoniyatlar berilishi hamda ularning muammolarini hal etish maqsadida joylarda rahbarlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etilish belgilangan edi.
Shunga muvofiq, Buxoro viloyatining Kogon shahrida soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi va unda 40 ga yaqin biznes vakillari hamda sohaga daxldor mas’ullar ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab Prezidentimizning “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati va tarmoq vakillariga berilgan yengilliklar tushuntirildi.
Yurtimizdagi barcha hududlar o‘ziga xos geografik, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarga ega. Shu jihatdan Kogon shahri tadbirkorlik faoliyati uchun barcha sharoitlar yetarli bo‘lgan juda qulay manzillardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda ushbu hududda 800 ga yaqin turli yo‘nalishlardagi tadbirkorlik sub’ektlari barqaror faoliyat yuritmoqda. E’tiborlisi, ularning 500 dan ortig‘ini kichik va o‘rta biznes vakillari tashkil etadi.
Ochiq muloqotda tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotimizni rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishda tobora muhim o‘rin egallayotgani tushuntirildi va bosqichma-bosqich o‘z biznesini kengaytirish niyatidagi ishbilarmonlarning loyihalari bilan tanishildi. Bundan tashqari, ayrim kichik tadbirkorlarga faoliyatini o‘rta biznesga o‘tkazish hamda o‘rta tarmoqdagi ishbilarmonlarga esa biznesini yanada kengaytirish yuzasidan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘l xaritalariga mos takliflar berildi.
Tadbir yakunida soliq qonunchiligi talablariga to‘liq amal qilishdagi ibratli faoliyat bilan o‘rnak bo‘layotgan bir guruh tadbirkorlarga tashakkurnomalar bildirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |