Xiva tumanida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 50 nafardan ortiq fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi. Mavjud muammolarning aksariyati daxldor idoralar, tuman va shahar hokimliklari vakillari ishtirokida hal etildi.
– Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xalqning dardu tashvishlarini o‘z vaqtida o‘rganib, ijobiy hal etish ustuvor ahamiyatga aylanib ulgurdi, – deydi murojaatchi Komiljon Otajonov. – 2021 yilda Hazorasp tuman hokimi qaroriga asosan menga mini futbol maydonchasi va do‘kon qurish uchun yer ajratilgan edi. 2024 yilda tuman prokurori ushbu qarorni noqonuniy deb topib, protest kirgizdi. Shundan so‘ng men ham tuman hokimligini sudga berdim. Sud mening foydamga 277 million so‘m konpensatsiya mablagi undirishni belgilab berdi. Bugun viloyat hokimi ushbu pulni ikkinchi kvartalda viloyat hokimligi tomonidan to‘lab berishni bildirdi.
Muloqot davomida ko‘plab fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Qabulda murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda o‘rganib, ijobiy hal etish bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda tumanlar hokimlariga vazifalar belgilab berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |