Navoiy viloyati soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi hamda Xatirchi tuman hokimligi hamkorligida hududdagi tadbirkorlik sub’ektlarining muammolarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda Prezidentimizning joriy yil 19 martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
– Mazkur farmonga asosan, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining yiriklashuvini rag‘batlantirish maqsadida 2025 yil 1 maydan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi, – deydi Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Zohidjon Shomurodov. – O‘z faoliyatini tegishlicha o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik sub’ektlariga bir yil davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) yetti kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Shuningdek, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshmagan, byudjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan, “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatishda soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi.
Yana bir muhim imtiyoz, mazkur farmon kuchga kirgunga qadar fermer xo‘jaliklarining soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan penya hisobdan chiqarilib, sud va ijro ishlarining ushbu penyani undirish bilan bog‘liq qismi tugatilishi belgilandi.
Muloqot davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovidan hosil bo‘lgan manfiy qoldiq summani qaytarishda yordam ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchun soliqlarni hisoblashda kamaytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llash, yer toifasini o‘zgartirish, yer solig‘i hisobotlarini tuzatishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish kabi kator masalalarda tadbirkorlarning muammolari o‘rganildi.
– Bugungi kunda umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib borib, 50 nafarga yaqin mahalliy aholi va yoshlarning bandligini ta’minlaganmiz, – deydi “Xatirchi Best” xususiy korxonasi rahbari Abror Bobonazarov. – Ilgari biz muammolarimizni hal qilish uchun idorama-idora sarson yurardik Endilikda mas’ul idoralar o‘zlari yonimizga kelib muammolarimizni o‘rgangan holda ijobiy yechib berishga kirishmoqda. Bu albatta, biz tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlarning bir namunasidir.
Ochiq muloqotda viloyat soliq boshqarmasining tegishli bo‘lim boshliqlari hamda masalalarga aloqador mas’ul tashkilotlar xodimlari ishtirokida har bir murojaat qonuniy tahlil etilib, ularning yechimi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.
Tadbir so‘nggida, tumandagi eng namunali, tadbirkorlarning barqarorlik reytingida yuqori toifaga erishgan va faol tadbirkorlar turli nominasiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |