2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qishloqda ham malakali va sifatli tibbiy xizmat

Fargʻona viloyatida Investitsiya dasturi asosida 15 ta tibbiyot maskanida 50 milliard soʻmlikdan ziyod qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. “Obod qishloq” dasturi doirasida 5 ta oilaviy poliklinikada bunyodkorlik ishlari bajarilib, barcha sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, bu borada yaratilgan sharoitlardan har bir insonning bahramand boʻlishini taʼminlash, sogʻliqni saqlash tizimida oʻz yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Fargʻona viloyatida ham keyingi ikki yilda tibbiyot sohasidagi islohotlar natijasida tibbiy xizmat koʻrsatish sifati tubdan yaxshilandi. Eng chekka hududlardagi salomatlik maskanlarining ham moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, aniq tashxis qoʻyish va davolash imkoniyati yaratildi.

 

Oltiariq tumanida ham tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, alohida ehtiyojli oilalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish kabi vazifalarga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Ayni kunlarda hududda 8 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 5 ta qishloq vrachlik punkti aholiga tibbiy xizmat koʻrsatayotir. Mazkur tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali kadrlar bilan taʼminlash doimiy eʼtiborda.

 

Oʻtgan yili “Obod qishloq” dasturi asosida 41- va 89-qishloq oilaviy poliklinikalari tubdan qayta taʼmirlanib, ishga tushirildi.

 

Poloson qishlogʻidagi 89-qishloq oilaviy poliklinikasi 20 mingdan ziyod aholiga xizmat koʻrsatadi. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida klinik diagnostika xonalari, laboratoriya, EKG, UTT, markaziy sterilizatsiya, fizioterapiya boʻlimlari, shifokorlar uchun sanitariya meʼyorlari talabiga javob beradigan zamonaviy xonalar, kunduzgi shifoxona tashkil etildi. Zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar bilan taʼminlandi. Jarroh, pediatr, akusher-ginekolog, stomatolog, umumiy amaliyot shifokorlari, ultratovush tekshiruvi mutaxassisi aholi xizmatida.

 

Shuningdek, “elektron poliklinika” ishga tushirilgani muhim yangilik boʻldi. Oilaviy poliklinikada markazlashgan maʼlumotlar bazasi, elektron ambulator kartalar va kasallik tarixiga ega tizim faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Hududda istiqomat qiluvchi barcha yoshdagi aholi yashash joyi, salomatligi, qachon va qaysi masalada shifokorga murojaat qilgani, kasallik tarixi, tibbiy koʻrik natijalari, shifokor tomonidan berilgan dorilar retsepti, bolaning emlangani va boshqa turli maʼlumotlarning elektron shakli yaratildi. Hudud aholisi internet orqali istalgan shifokorning qabul vaqti, bemorlar sonini aniq bilgan holda roʻyxatga yozilishi mumkin. Muhimi, bu qulaylik tufayli aholi vaqtini behuda yoʻqotmaydi.

 

– 24 nafar patronaj hamshira har bir oilada boʻlib, tibbiy madaniyat va sogʻlom turmush tarziga oid targʻibot tadbirlari olib bormoqda, – deydi mazkur qishloq oilaviy poliklinikasi mudirasi Marhabo Aliyeva. – Hududdagi 142 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar doimiy nazoratda boʻlib, zarur tibbiy yordam koʻrsatib kelinmoqda.

 

Maʼsudjon Sulaymonov, OʻzA

14.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar