2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Uchrashuv yosh tadbirkorlar uchun o‘ziga xos “motivatsiya” bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida tadbirkorlar, biznes sohasi ekspertlari va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar vakillarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

– Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda yosh tadbirkorlar tajribali ishbilarmonlar bilan suhbatlashish, ularning ma’ruzalarini tinglash imkoniga ega bo‘ldi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mutaxassisi Mels Ochilov. – Bu ularning biznes g‘oyalarini rivojlantirishga turtki bo‘lib, O‘zbekiston kelajagini barpo etishga bo‘lgan mas’uliyatini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi. Tadbirda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga biriktirilgan poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi to‘rtta mahalla yoshlari ham ishtirok etdi. Vazirlik ularga har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda. Ya’ni ularning til bo‘yicha o‘quv kurslarida tahsil olishi, ta’lim kontraktlarini to‘lashda ko‘maklashadi, o‘z biznesi yoki ishini boshlashida zarur texnikani taqdim etadi. 

Tadbir doirasida ma’ruzachilar O‘zbekistonda biznes ochish, uni rivojlantirish va yuritishning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi, biznes-strategiyalar bilan o‘rtoqlashdi. Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov ham biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq yondashuvlari xaqida so‘zlab berdi. 

– Bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish va maqsadli auditoriyani kengaytirish zarur, deb o‘ylayman. Buning natijasida yoshlarda olg‘a intilish, rivojlanish va o‘z Vatani taraqqiyotiga hissa qo‘shish istagi paydo bo‘ladi, – deydi Ivestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining investitsiya loyihalari menejeri Maryam Tillayeva.

Tadbir yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

27.02.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar