
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida yana bir oila yarashtirildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining 2023 yil 27 oktyabrdagi buyrug‘i asosida S.S.ning foydasiga uning tarbiyasidagi ikki nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun qarzdor K.J.ning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi. Ushbu sud buyrug‘i asosida Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari olib borildi. Xususan, aliment to‘lovchi va oluvchi yashaydigan mahalla raisi bilan birgalikda ajrashgan oilani yarashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilgan.
Natijada undiruvchi va qarzdor Byuroning Amudaryo tuman bo‘limiga kelib, hozirgi kunda birga yashayotganligini bildirdi va aliment undirish haqidagi sud qarori ijrosini tugatishni so‘rab iltimosnoma berdi. Hozirda, voyaga yetmagan farzandlar to‘laqonli oilaviy muhitda voyaga yetmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |