
Toshkent viloyatida joriy yil 460 dan ortiq maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etiladi.
Viloyatning joriy yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”da “Obod qishloq“ va “Obod mahalla“ dasturlari doirasida 17 ta, Investitsiya dasturi asosida 1 ta, shuningdek, 250 ta oilaviy nodavlat, 121 ta xususiy, 77 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda viloyatda bogʻcha yoshidagi bolalar soni qariyb 200 ming nafar. 710 dan ortiq maktabgacha taʼlim muassasasida 81 mingdan ziyod oʻgʻil-qiz tarbiyalanayotir. 2018 yil boshida bolalarni bogʻchaga qamrab olish darajasi salkam 32 foiz boʻlgan boʻlsa, 235 ta maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali bu koʻrsatkich yil yakunida 41 foizdan oshgan.
– Keyingi yillarda bogʻchalarning moddiy-texnik bazasi, ayniqsa, qishloq joylarda bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish darajasi achinarli holga kelib qolgan edi, – deydi viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Odiljon Tojiyev. – Prezidentimiz tashabbusi bilan tizim qayta tiklanmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining sohani tubdan takomillashtirishga doir farmon va qarorlari bilan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratildi, tizimga xususiy sektor vakillari kirib keldi. Natijada tizimda son va sifat jihatidan jiddiy oʻsish kuzatildi. Birgina misol, joriy yil viloyatda 38 mingdan ortiq bolani qamrab olish imkoniyatiga ega 466 ta maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish rejalashtirilgan boʻlsa, ularning 90 foizdan ortigʻida aynan xususiy sektor vakillari ishtiroki mavjud.
Hisob-kitoblarga koʻra, bu borada belgilangan rejalar toʻliq amalga oshirilgach, yil yakuniga borib bogʻcha yoshidagi bolalarning 60 foizdan ziyodi maktabgacha taʼlimga qamrab olinadi.
Bu yil viloyatda Investitsiya dasturi doirasida 43 ta maktabgacha taʼlim muassasasi joriy va kapital taʼmirlanadi.
Avazbek Xudoyqulov, OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |