O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Buxoro viloyati Olot tumanidagi o‘rganishlarni “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘inidan boshladi.
O‘rganishlar davomida “mahalla yettiligi” ishtirokida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, yaratilayotgan imtiyozlardan foydalanish borasida aniq vazifalar belgilandi. Tuman hokimligida viloyat va tuman tashkilot rahbar va mas’ullari, mahalla vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Tanqidiy ruhda o‘tgan uchrashuvda viloyatning barcha tuman, shahar mas’ullari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarda amalga oshirilayotgan vazifalar tilga olindi. Ayniqsa, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda oilalar va xotin-qizlar muammolari bilan ishlash, oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan viloyatdagi xotin-qizlarning ma’lumotlari ko‘rib chiqildi. Bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tilga olindi. Asosan, maktablarda qizlar sog‘lig‘i va tarbiyasi, voyaga yetgan qizlar bilan ishlash metodlari, oila qurish yoshidagi qizlarni oilaga tayyorlash, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash va bandligini ta’minlash, maktablarda kashtachilikni tashkil etish, buning natijasida kasb hamda tarbiyani uyg‘unlashtirish, sabrli, matonatli, ishchan va aqlli qizlarni tarbiyalashga alohida e’tibor berish kerakligi aytildi.
“Bayot” mahallasida joylashgan 12-umumta’lim maktabda Bosh vazir o‘rinbosari ota-onalar bilan muloqot qildi. Samimiy savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar tarbiyasi, ularning xulqi, odobi, dunyoqarashi, kasb-hunar egallashi haqida fikr-mulohazalar bayon etilib, taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.
Ayniqsa, jamiyatimizda erta nikoh natijasida yuzaga kelayotgan muammolarning oldini olish, avvalo, sog‘lom oila muhitini yaratish, qizlarni oliy ma’lumot olib yoki muayyan kasb-hunarni puxta egallagach, turmushga uzatish, mahallalarda mas’uliyatli ota-onalikni keng targ‘ib qilish, oilaviy ajrimlarning oldini olish kabi masalalar muhokamasiga e’tibor qaratildi.
Zulayho Mahkamova Romitan tumanidagi “Romstar” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi. Mazkur O‘zbekiston – Amerika qo‘shma korxonasi pillani qayta ishlashga ixtisoslashgan. 2004 yilda ish boshlagan korxonada viloyatdagi Qorako‘l, Olot, Jondor, Romitan tumanlaridan 18 ming kasanachilar yetishtirgan pilla qabul qilinib, ipak kalavaga aylantiriladi.
Respublikamizda pillachilik sohasini rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini kengaytirish, pillachilik korxonalarining eksport salohiyatini va investitsiya faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlar natijasida ushbu korxonaning ham eksport salohiyati yil sayin ortib bormoqda. 220 nafar ishchi-mutaxassisga ega “Romstar” qo‘shma korxonasida sanoat uchun qimmatbaho pilla xomashyosini qayta ishlash, pilla chuvish, qayta o‘rash, xom ipak tola va ipak momig‘ini ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu mahsulotlar asosan Xitoy, Vetnam va Eron davlatlariga eksport qilinmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari mazkur korxonaning xotin-qizlar bandligini ta’minlashdagi ulushi, ularga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |