Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Yo‘lchilar” ovul fuqarolar yig‘inida ham tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarlikning oldini olish, ijtimoiy-maishiy muammolarni hal etish hamda aholining hushyorligini oshirish maqsadida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal vazifasini bajarmoqda.
Ovulda o‘tkazilgan tadbir doirasidagi ishlarda huquq-tartibot idoralari vakillari, elektr energiyasi, gaz, obodonlashtirish xizmati xodimlari, shuningdek, tibbiyot hamda sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.
– Ovul fuqarolar yig‘inimizda 1016 ta oilada qariyb 4,5 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi, – deydi fuqarolar yig‘ini raisi O‘ktam Tullayev. – Tadbir davomida tibbiyot xodimlari tomonidan ovulimizda yashovchi 44 nafar nogiron, 1 nafar yakka-yolg‘iz fuqaromiz yashash xonadonlarida umumiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. Huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan 67 nafar profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan suhbatlar olib borildi. Ajrim yoqasiga kelib qolgan 2 ta oilaning yashash sharoiti, o‘zaro kelishmovchiliklarning sabablari o‘rganildi. Ko‘chalarimizda yig‘ilib qolgan maishiy chiqindilar olib ketildi.
Yong‘in xavfsizligi tizimi xodimlari aholi xonadonlarida bo‘lib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga doir targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borishgan bo‘lsa, elektr energiyasi ta’minoti korxonasi xodimlari mavjud transformatorlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib, nosozliklar bartaraf etildi.
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili hudud obodligi, bu yerda yashaydigan aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |