2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda koʻplab muammolar yechim topdi

Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev Fargʻona shahrida navbatdagi sayyor qabulni oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona viloyatidagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Quvasoy, Margʻilon va Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar turli masalalar boʻyicha murojaat qildi. 

Qabul chogʻida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida eʼtibor qaratildi. Toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi taʼminoti, uy-joy, kommunal masalalar, taʼlim va tibbiyot sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish, bank, soliq sohasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yuzasidan fuqarolarning 68 ta murojaati atroflicha muhokama qilindi. Ularning aksariyati shu yerning oʻzida hal etilgan boʻlsa, muddat talab etiladigan masalalar qatʼiy nazoratga olindi.

Margʻilon shahrida yashovchi Nodiraxon Karimova uch yildan beri ish topa olmayotganligi sababli sayyor qabulda boʻldi. U huquqshunos-iqtisodchi yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus diplomiga ega. Nodiraxonning maktabgacha taʼlim muassasasiga ishga joylashish masalasi shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi.

Nogironligi bor ikki nafar bolalarni voyaga yetkazayotgan Fargʻona istiqomat qiluvchi Xurshida Shokirovaning uy-joy ajratish toʻgʻrisidagi murojaati ham qanoatlantirildi.

Zamiraxon Hayitova esa onasi Janonxon Islomova bilan birga Fargʻona shahridagi “Fargʻona” koʻchasida istiqomat qiladi. Uning ham uy-joy ajratish va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga doir murojaatiga qabul davomida yechim topib berildi.

4.JPG

-Viloyat hokimining oʻtgan galgi sayyor qabulida qilgan murojaatim ham qanoatlantirilgandi, - deydi Zamiraxon Hayitova.- Qaramogʻimda ruhiy xasta onam borligi va kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatda turishim sababli boshlangʻich toʻlovsiz Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilayotgan uylardan birining ajratilishida amaliy yordam soʻragandim, birinchilar qatorida olishimni eshitib xursand boʻldim. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyib, chevarxona ochmoqchiman. Sayyor qabul davomida aytgan shu masalam ham hal boʻldi.

Aholidan tushgan murojaatlarning ovoragarchiliklarsiz oʻz vaqtida oʻrganilishi, muammo-yu, turli masalalarga qonuniy yechim topilishi yurtdoshlarimizning davlat va uning idoralariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Maʼsudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), OʻzA

12.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar