Aholi muammolarini o‘rganish, hal etish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha yurtimizda olib borilayotgan ishlar vaqt va mavsum tanlamaydi.
Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi joylarda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Ishchi guruhning navbatdagi manzillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlari bo‘ldi.
Xususan, 20-23 yanvar kunlari ushbu hududlarda Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zsuvta’minot”, “Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbarlari va mas’ullari ishtirokida 200 ga yaqin sayyor qabullar o‘tkazildi. Qabullar davomida 3 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ularning 1,3 minggi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan qismi qo‘shimcha o‘rganish talab etganligi sababli mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.
Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan aholi orasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida joylardagi holat mahallabay o‘rganilib, qator amaliy ishlar olib borildi.
Jumladan, ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir, chegara va olis hududlarda joylashgan jami 511 ta mahallada mehnat yarmarkalari o‘tkazildi va ularda 4 mingga yaqin ishsiz fuqaro bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi.
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 834 ta loyihani amalga oshirish uchun tijorat banklari bilan hamkorlikda 46 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 1.8 mingga yaqin aholi bandligi ta’minlanadigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan 20 mingga yaqin fuqaro bilan mahalla yettiliklari, sektor rahbarlari ishtirokida onlayn muloqotlar o‘tkazilib, kam daromad ko‘rayotgan migrantlarga qaytib kelsa, ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Suhbatlar natijasi bo‘yicha 169 nafari qaytish istagini bildirdi va ular alohida anzoratga olinadi.
Aholi turmush sharoitini, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida 16 ta mahallada jami 7,5 kilometr yo‘l asfaltlashtirildi, 8,7 kilometr yo‘l shag‘allashtirildi. 200 ta mahallada jami 208,1 kilometr uzunlikdagi elektr tarmog‘i hamda 157 ta transformator ta’mirlandi, 226 tasi texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Elektr energiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan 289 ta, tabiiy gaz bilan ta’minlashga doir 601 ta, ko‘mir yoqilg‘isi bilan bog‘liq 268 ta muammo bartaraf etildi.
Bundan tashqari, 160 ta mahallada gaz bosimi me’yoriga keltirildi va 560 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi, 59 517 ta suyultirilgan gaz ballonlar tarqatildi. 45 ta mahallaga 35 dona transformator va 363 dona temir-beton ustun o‘rnatilib 8,6 kilometr elektr uzatish tarmog‘i tortildi.
Hududdagi maktab, bog‘cha va oilaviy poliklinikalarda issiqlik tizimlari ko‘zdan kechirilib, uni barqarorlashtirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida biriktirilgan tadbirkor va kasb-hunarga o‘rgatiladigan sinfxonalari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga takliflar berildi.
Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida chegara va olis hududlardagi 268 ta mahallada fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Ularda 40 mingga yaqin aholi ishtirok etdi. Natijada 584 nafariga statsionar sharoitda davolanishga yo‘llanma va 13 911 nafari bepul dori-darmonlar berildi. Shuningdek, 579 nafari statsionar sharoitda davolanishga yotqizildi va 94 nafari davolanish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga yuboriladigan bo‘ldi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |