Muhtaram vatandoshlar!
Siz, azizlarni, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqini yangi – 2025 yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Jahondagi murakkab vaziyatga qaramasdan, o‘tayotgan yil mamlakatimiz uchun qutli va barakali bo‘ldi. Buning uchun har qancha shukrona aytsak, arziydi.
Mehnatkash xalqimizning fidokorona mehnati, siyosiy-ijtimoiy faolligi bilan Yangi O‘zbekiston g‘oyasi real voqelikka aylanmoqda.
Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar demokratik islohotlarning yangi davriga qadam qo‘yganimizni yana bir marta tasdiqladi.
Yurtimizda yuqori texnologiyali yangi sanoat majmualari, infratuzilma va logistika tarmoqlari, avtomobil va temir yo‘llar barpo etildi. Biznes, IT va turizm sohalari izchil rivojlanmoqda. Aholi daromadlari va turmush sifati oshmoqda.
Mirishkor dehqon va fermerlarimiz, klasterlarimiz ishchi-xizmatchilari mardona mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirdilar.
Yangi uy-joylar, bog‘cha va maktablar, oliygohlar, madaniyat va sport maskanlari qad ko‘tarmoqda. Yurtimiz tobora obod qiyofa kasb etmoqda. Minglab yurtdoshlarimiz Yangi yilni yangi uylarda kutib olmoqda.
Bilimli va shijoatli, navqiron yoshlarimiz ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Ayniqsa, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida erishilgan rekord natijalar milliy sportimiz tarixida yangi sahifa ochdi.
Fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, mahallaning roli va ta’siri kuchaymoqda. Ma’naviy yuksalish jarayonlari hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanmoqda.
Global ahamiyatga ega tashabbuslarimiz jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xalqaro maydonda O‘zbekistonning raqobatbardosh mamlakat, ishonchli hamkor sifatidagi obro‘-e’tibori yuksalib bormoqda.
Hech shubhasiz, bularning barchasi diyorimizdagi barqarorlik, do‘stlik va hamjihatlik natijasidir.
Bugungi shukuhli oqshomda siz, azizlarga, olijanob va bunyodkor xalqimizga halol mehnatingiz, ona yurtga sadoqatingiz uchun samimiy minnatdorchilik izhor etaman.
Qadrli do‘stlar!
Biz 2025 yilga mamlakatimizda Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili deb nom berdik. Asosiy maqsadimiz – inson va tabiat muvozanatiga asoslangan tizim yaratishdir.
Yangi yilda biznes uchun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi. Xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish ishlarini qat’iy davom ettiramiz.
Ijtimoiy sohalar, ish haqi, pensiya va stipendiyalar, nafaqalar miqdorini oshirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egalari, barkamol bo‘lib tarbiya topishlari uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sport sohalariga e’tibor yanada kuchaytiriladi.
Muhtaram faxriylarimiz, xotin-qizlar va yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish, ijtimoiy himoya samarasini oshirish ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini yangi bosqichga ko‘taramiz.
Muxtasar aytganda, “Inson qadri uchun, inson baxti uchun!” degan olijanob maqsadni barchamiz birgalikda amalga oshiramiz.
Aziz va muhtaram yurtdoshlar!
Barchangizni, chet ellardagi vatandoshlarimiz, xorijiy hamkor va do‘stlarimizni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.
Yangi yil har bir inson, har bir oilaga, jonajon yurtimizga katta-katta yutuq va omadlar olib kelsin!
Hamma ezgu niyatlarimiz ro‘yobga chiqsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |