2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muammolar uyma-uy yurish orqali aniqlanadi

Prezidentimizning 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, joriy yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilish, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi. Mazkur tuzilmaga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Xalq qabulxonalarining yangi tizimda samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida ularga xizmat mashinalari ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyati tuman va shaharlaridagi Xalq qabulxonalariga ham viloyat hokimligi tomonidan “Cobalt” avtomashinalari topshirildi.

Viloyat Xalq qabulxonasi mudiri S.Berdikilichov va boshqalar bugungi kunda Xalq qabulxonalari davlat organlari bilan aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda samarali mexanizmga aylanganini ta’kidladi.

O‘tgan yili viloyatdagi Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 19002 ta murojaat kelgan. Ularning 12321 tasi qanoatlantirilgan, jumladan, 3685 tasi ijobiy echim topgan, 7304 tasi esa huquqiy maslahat berish orqali hal qilingan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan 2275 qabulda 12751 dan ortiq aholi turli masalalar yuzasidan murojaat qilgan. Muammolarning 50 foizi ijobiy hal etilgan, 50 foiz murojaat yuzasidan tushuntirish berilgan.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov so‘zga chiqdi.
 

10.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar