
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan qish mavsumidagi yuqori yuklamalar oldidan elektr podstansiyalarining holati o‘rganildi.
Jumladan, Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanlariga tashrif chog‘ida uskunalarning texnik holati, shahar energetika infratuzilmasining elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishga tayyorligi ko‘rib chiqildi.
Shavkat Umurzoqov mas’ul tuzilmalarga aniqlangan kamchiliklar, jumladan, uskunalar ayrim qismlarining eskirgani va nazoratni kuchaytirish zarurati yuzasidan bir qator topshiriqlar berdi.
Shuningdek, uskunalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, profilaktik xizmat va tashkiliy choralarni kuchaytirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlanish chorasini ko‘rish aytildi.
Qish mavsumida shahar elektr tarmoqlarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida ushbu topshiriqlar bajarilishi alohida nazoratga olingani qayd etildi.
Tashrif davomida aholi murojaatlari ham tinglanib, ularga yechim topish choralari ko‘rildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |