Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Vazirlik va idoralar vakillari Jo‘raobod mahallasi aholisi bilan bir maqsadda bunyodkorlikka kirishdi

Bo‘ka tumanidagi Guliston qishlog‘i Jo‘raobod mahallasida mingdan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Ushbu mahalla ellik yildan buyon qarovsiz, oddiygina sharoitlarga ham ega emas edi.

Bugun respublika miqyosidagi idora va vazirliklar vakillari mahalliy aholi bilan bir maqsadda obodlik va bunyodkorlik harakatlariga bosh qo‘shmoqda.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan joriy yilning noyabr oyidan boshlab Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan qator mutasaddi vazirlik va idoralar, Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda yillarki e’tibordan chetda bo‘lgan Guliston qishlog‘i infratuzilmasini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda.

Xususan, qishloq ichki infratuzilmasini yaxshilash maqsadida markaziy yo‘lning katta qismi asfalt qoplamasi bilan kapital ta’mirlashga tayyorlandi va ushbu yo‘l yoqasidagi notekis joylar tekislandi.

Shuningdek, ichki ko‘chalarning asosiy qismiga shag‘al, karta usulida asfalt, piyodalar yo‘lagiga beton quyildi. Bundan tashqari, ichki ko‘chalarning 2 kilometr uzunlikdagi qismiga quyosh nuridan quvvat oladigan tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

165 ta simyog‘och ustuni yangi temir beton ustunlarga almashtirilib, 4 ta transformator ta’mirlandi.

Ichimlik va ekin uchun suv ta’minoti yaxshi bo‘lsa, qishloq aholisi har qarich yerning samarasini yuzaga chiqaradi. Bu borada ham ishlar jadal amalga oshirilmoqda. Jumladan, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha rejadagi ishlar bajarilmoqda, mavjud 3 ta suv inshooti kapital ta’mirlandi.

Hududdagi ariq-zovurlarning 3,1 kilometr qismi tozalanib, aholi tomorqalariga boradigan oqova suv yo‘llari tozalandi, yangidan ochildi. Natijada 220 ta xonadonda tomorqalarni sug‘orish imkoni paydo bo‘ldi. Hozirda ushbu maydonlarning 8.7 gektariga to‘qsonbosdi ekinlar ekildi.

Rejada qishloqqa yana 10 ta tik quduq va “Chillisoy” kanaliga suv nasosi o‘rnatish orqali fermer va dehqon xo‘jaliklari yerlarini sug‘orish tizimini yaratish belgilandi.

Bundan tashqari, hudud infratuzilmasi va aholi turmush tarzini tubdan yaxshilash maqsadida Jo‘raobod mahallasi uchun zamonaviy xizmat binosi, avtobekat, sartaroshxona, savdo do‘konlari kabi qator xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha kompleks loyihalar ishlab chiqilib, viloyat tijorat banklari tomonidan moliyalashtirish boshlandi.

Bundan tashqari, qishloqda 300 o‘rinli barcha talablarga javob beradigan maktab va sport zalini qurish, 30-maktabda joylashgan eski bog‘cha binosini kapital ta’mirlash va zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish ishlari boshlab yuborildi.

Yana bir jihat qishloq hududida vorkaut maydonchasini qurish ishlari ham amalga oshirildi, kurash sportiga ixtisoslashgan klub hamda bolalar maydonchasini ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Qishloqdagi tibbiyot punkti joriy ta’mirlandi. Internet orqali aholining elektron ro‘yxati shakllantirildi. Amaliyot va patronaj hamshiralari doimiy faoliyat boshladi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

02.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar