Xabar berganimizdek, Bosh prokuratura tomonidan kuz-qish mavsumida aholining resurslarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, resurslarni iqtisod qilish va yetkazilgan zararlarni undirish bilan bog‘liq amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi ham faoliyat yuritmoqda.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani va Chirchiq shahrida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ko‘rsatmalar berganini ma’lum qilgan edik.
Bosh prokuror shu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirib, Ohangaron tumani va Angren shahrida bo‘lib, qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, ijtimoiy soha ob’ektlari energiya resurslari bilan ta’minlanishi ahvoliga alohida e’tibor qaratdi.
“Toshkent suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Aeratsiya” oqava suvlarini tozalash inshootida olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ullarga qayta ishlanadigan suv hajmini oshirish, qurilish ishlarini o‘z muddatida yakunlab, foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriq berildi.
“Angren issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati uskunalarining qish mavsumiga tayyorligi, yoqilg‘i zaxirasining yetarli darajada jamg‘arilgani ahvoli ham o‘rganildi. Unda jamiyatning korxonadan bo‘lgan debitor qarzdorligini qisqartirish va byuro tomonidan qarzdorlik uchun mol-mulklarni xatlashda qonun talablariga rioya etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Chinniobod mahallasidagi aholiga ko‘mir tarqatish omborida mavjud zaxira o‘rganildi. Omborda mavjud tarozini ta’mirlash va yetkazib berilayotgan ko‘mir mahsuloti uchun chegirmani 10 foizdan 15 foizga oshirish tavsiya etildi.
“Angren issiqlik energiyasi” davlat unitar korxonasi tasarrufidagi magistral issiqlik tarmoqlarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ahvoli ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga eskirgan quvurlarni ta’mirlash, ob’ekt pudratchi tomonidan belgilangan muddatda foydalanishga topshirilmagani holati yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazish haqida topshiriq berildi.
O‘rganishlar Ohangaron tumanida davom ettirilib, Nurobod mahallasida joylashgan 1-nasos stansiyasi ish faoliyati bilan tanishildi. Nasoslar soni kamligi uchun uzoq hududlardagi aholiga issiqlik energiyasini yetkazib berishda muammolar mavjudligi aniqlandi. Shu bois, qo‘shimcha nasos ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining qish mavsumiga tayyorgarligi ahvoli o‘rganilib, mutasaddilarga binoni kapital ta’mirlashni davlat dasturiga kiritish masalasi muhokama qilindi. Bog‘chaning isitish tizimini ta’mirlash uchun 2023 yilda olib kelingan metall quvurlar xarid qilinishi bo‘yicha tergovga qadar tekshirish o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi.
“Nurobod” nim stansiyasidagi qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli o‘rganilib, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |