
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Yangiqo‘rg‘on tumanida turli masalalar bo‘yicha viloyat hokimi nomiga murojaat yo‘llagan fuqarolarni qabul qildi.
Tumanning Madaniyat markazida qariyb 7 soat davom etgan jarayonda 200 ga yaqin yurtdoshimiz viloyat rahbari bilan yuzma-yuz uchrashib, o‘z muammosi yechimi bo‘yicha ko‘mak so‘radi. Viloyat hokimi ularning har birini qiynayotgan masalani tinglab, hal etish yuzasidan tegishli choralar belgiladi.
– Buyrak yetishmovchiligi bo‘yicha operatsiyadan so‘ng dori-darmon olishga qiynalayotgan edim, - deydi Uychi tumanilik Qobiljon Aliyev. – Ushbu masalada ko‘mak so‘rab viloyat hokimining qabuliga keldim. Shu yerning o‘zida sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga topshiriq berilib, murojaatim ijobiy hal etildi. Bundan tashqari, ijarada yashayotganim uchun turar-joy masalasida ham amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, qabulda fuqarolarning uy-joy, kadastr, qurilish, kredit, moddiy yordam olish, yoshlar ishlari va huquqiy mavzulardagi murojaatlari o‘rganilib, yechimi bo‘yicha mutasaddi idoralar rahbarlariga topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |