
Buxoro viloyati Qorako‘l tuman hokimi Xurshid Tohirov ishsizlikni bartaraf qilish, kambag‘allikni qisqartirish, kam daromadli migrantlarni yurtimizga qaytarib, munosib ish bilan ta’minlash yuzasidan Xo‘jakon va Mallaishayx mahallalarida o‘ziga biriktirilgan oilalardan xabar oldi.
Jumladan, Mallaishayx mahallasida yashovchi Ilyos Yusupov xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Oila sohibi doimiy daromadga ega emasligi sababdan mavsumiy ishlardan topgan daromadi kundalik ro‘zg‘orga yetmaydi. Shu bois, Ilyos Yusupovning layoqati, xohish-istagiga binoan “Artel” kompaniyasiga ishga joylashtirish chorasi ko‘rildi.
– Mavsumiy ishlab oila tebratib kelaman, – deydi Xo‘jakon mahallasida istiqomat qiluvchi Qodir Oltiyev. – Topgan pulim oilamni boqishdan ortmaydi. Bugun mutasaddilar oilaviy sharoitimni o‘rgandi. Men va o‘g‘limga doimiy daromad olish uchun “Artel” kompaniyasiga ishga taklif qilishdi. Bundan juda ham xursand bo‘ldim.
Tuman hokimi Xurshid Tohirov migratsiyada yurgan fuqarolar bilan online muloqot o‘tkazib, ularni yurtimizga qaytarish va ish bilan ta’minlash yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, Mallaishayx mahallasi Mirishkor qishlog‘i ichki yo‘lining ta’mir-talabligi, yog‘in-sochinli kunlarda ahli qiynalayotgani haqidagi murojaatlar e’tiborsiz qolmadi. Amalda shu kuniyoq homiylik asosida qishloq yo‘lining qariyb 1 kilometr masofadagi qismida shag‘allashtirish ishlari boshlandi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |