Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
"Mahalla yettiligi" vazifalari muhokama etildi

Shirin shahrida “Mahallani xalq bilan davlat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tovchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylantirishda “mahalla yettiligi” oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi hamda Shirin shahar hokimligi hamkorligida  tashkil etilgan  mazkur seminarda Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ham ishtirok etib, “yettilik” faoliyatini samarali tashkil etish, uning mahalla hayotidagi o‘rnini oshirish va boshqa masalalar yuzasidan gapirdi.  

Nafaqat Shirinda, viloyatning barcha tumanlarida aholining bandligini ta’minlash, daromadini oshirish,  “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor”, “G‘ijduvon” tajribalarini ommalashtirish, kam daromadli xonadonlarga 5 xil loyiha paketlarini taqdim qilish, banklar faoliyatini jonlantirish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni ta’minlash, fuqarolarning og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyillarini targ‘ib qilish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash kabi muhim va dolzarb masalalarga ahamiyat qaratildi.

Shu kuni davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, aholiga 23 turdagi pullik xizmatlarni ko‘rsatadigan "Nurobod" mahalla-servis kompaniyasi binosi qurilishiga start berildi, Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi, tuman va shahar bo‘limlari mas’ullari, “mahalla yettiligi”  a’zolari ishtirokida 1 gektarga yaqin maydonga 2 mingdan ziyod manzarali daraxt ko‘chati  o‘tqazilib,  "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga muvofiq olib borilayotgan ishlar Nurobod mahallasidagi xonadonlar misolida o‘rganildi.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olinib, ishtirokchilarga aniq yo‘nalishlar berildi.  

06.11.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar