Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Zarina Abdullayeva, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – Turizm boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Ahmedov, viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Bahromjon Jumanov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Ochiq muloqot chog‘i viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari, ekofaollar, Prezident maktabi o‘quvchilari hamda ekologiyaga befarq bo‘lmagan yigit-qizlarning atrof muhit muhofazasiga oid muammo va takliflari muhokama qilindi. Berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

Rahbarlar har bir ishtirokchining taklif va mulohazalari, albatta, inobatga olinishini ta’kidlab, yoshlarda tabiatga g‘amxo‘rlik hissi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.  

Farg‘ona shahridagi daraxtlar kesish, atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli bor korxonalar, Yozyovon tumanidagi Markaziy Farg‘ona o‘rmon xo‘jaligiga ekskursiya tashkil etish, ikkilamchi qayta ishlanadigan chiqindilardan unumli foydalanish hamda ekologik ta’lim yo‘nalishidagi tanlov va loyihalarni amalga oshirish borasida  yoshlar kiritgan takliflarni amalga oshirish choralari, vazifa va rejalar haqida rahbarlar axborot berishdi.

30.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar