Buxoro shahridagi Hamid Olimjon mahallasida 944 nafar yosh istiqomat qiladi. Ularning 14 nafari, ya’ni nogiron yoshlarga doimiy ravishda moddiy yordam, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berimoqda.
Shu bilan birgalikda, kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga ham yordam ko‘rsatilyapti.
– Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqib, “yaxshi”, “o‘rta” va “ahvoli og‘ir” toifalariga ajratildi, – deydi H. Olimjon mahallasi yoshlar yetakchisi Mustafo Ismatov. – Bizning hududda 7 nafar yosh “ahvoli og‘ir” yoshlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ularga biriktirilgan rahbarlar doimiy ravishda muloqot olib bormoqda. Muammolar o‘rganilib, yechim berilmoqda. Uyushmagan yoshlar ro‘yxatiga 3 nafar yosh kiritilgan bo‘lib, N-harbiy qism komandiri Orif Dagarovga biriktirilgan. U doimiy ravishda yoshlar bilan suhbatlar olib bormoqda. Maqsad – yoshlarning kelgusida jinoyatchilikka qo‘l urishining oldini olish, hayotda yaxshi nom qozonishini ta’minlashdir. Mahallamizdagi xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishi bor yoshlarni “Ibrat academy”ga yo‘naltirganman. Loyiha orqali 550 nafar yosh ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 55 nafari sertifikatni qo‘lga kiritdi va katta hayotga yo‘llanma oldi.
Mahallada migratsiyadagi yoshlar 10 nafarni tashkil etadi. Ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilib, muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashilmoqda. Ko‘rilgan choralar natijasida 1 nafar yosh migratsiyadan qaytib keldi va o‘z uyida ish bilan band qilindi.
Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” ham iste’dodli yoshlarga qanot bag‘ishlamoqda. Olimpiada doirasidagi tanlov va musobaqalarga 940 nafar yosh qamrab olingan. Mahallada Nodir Murtazoyev “Yoshlar ovozi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida 22-30 yosh toifasida “An’anaviy xonandalik” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bandligini ta’minlashdagi ishlar samarasida Hamid Olimjon mahallasi jinoyatchilikdan xoli hudud sifatida e’tirof etildi. “Mahalla yettiligi” bir bo‘lib ishlasa, mahallada jinoyatchilik bo‘lmaydi, albatta.
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir masala – yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan yoshlardir. Yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lgan holda o‘zligini ham unutmasligi lozim. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab turishi lozim.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш учун кредит | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |