2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Hech kimdan kam emasligimni yana bir bor his etdim”

Davlat rahbarining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilandi.

Shu bilan birga, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish hamda xayriya tadbirlarini o‘tkazib borishi belgilandi.  

Insoniylikning eng oliy vazifalaridan biri ehtiyojmandlarga g‘amxo‘rlik va ko‘mak ko‘rsatishdir. Bu ezgu qadriyatlar nafaqat insoniy burch, balki xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy mentalitetining ajralmas qismi hamdir.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Talisafed mahallasida fayzli, nurli xonadonlar bisyor. Mahalla mas’ullari bu gal mehmonlarni   yashil bog‘ va uzumzor bilan o‘ralgan bir hovliga yetakladi. Bu – G‘oziyevlar xonadoni. Bu yerda hayotning har bir kuni sabr va matonatning timsoli sifatida o‘tmoqda.

Oila boshlig‘i Odil G‘oziyev 4 nafar farzandning otasi, 3 nafar nabiraning sevimli bobosi. Kichik o‘g‘li, kelini va nabiralari bilan bir uyda yashaydi, oilaning har bir kuni shukronalik, osoyishtalik  va baxtga to‘liq.

Odil G‘oziyev 1-guruh nogironi bo‘lishiga qaramasdan  o‘zining kuchli irodasi va oilasining yordami bilan hovlisini yashillikka burkagan.  Mevazor bog‘, uzumzor – bularning barchasi uning tashabbusi, ishtiyoqi bilan farzandlarining ko‘magi ila barpo etilgan.

Mirishkorlikda yuksak tajribaga ega bo‘lgan Odil aka farzandlari va kelinlariga saboq berib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmoqda. U har bir o‘simlik, har bir daraxtga mehr bilan qaraydi, go‘yo ularning har biri o‘z farzandidek.

Bu uyda yashayotganlar uchun hayotning asl qadri – sabr va matonatdir. Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay irodasi mustahkam, yengilmas bo‘lgan Odil aka  hayotning chinakam qahramonlaridan biridir.

Tuman hokimi Alisher Fayzilloyevning bu xonadonga tashrifi ham bejiz emasdi. Kamtarona dasturxon atrofidagi qizg‘in suhbat barchaning xotirasida muhrlanib, orzu maqsadlar, rejalar xususida so‘z bordi.

–Mehnat qilgan hech qachon xor bo‘lmaydi, –deydi Odil aka G‘oziyev. –Mo‘’jazgina hovlida bog‘ yaratib, yashillikka burkaganimizning o‘ziga xos fazilati bor. Shu mehnatning ortidan bugun oilamizga ozgina bo‘lsa ham daromad olib kelayapmiz. Bog‘ parvarishini oila a’zolarimizga ham o‘rgatayapman. Hech kimdan kam emasligimni bugun yana bir bor his etdim. Hammangizga katta rahmat.  

20.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar