
Aholi murojaatlarini o‘rganish, o‘z vaqtida hal etilishiga erishish uchun joylarda “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi qabul Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda 100 nafardan ortiq iste’molchi ishtirok etib, 25 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Shubhasiz, murojaatlar turli mazmunda bo‘ldi. Yer osti gaz quvurlariga e’tibor berish, yangi xonadonlarga zamonaviy hisoblagich o‘rnatish tartibi, qarzdorlik masalasi, tabiiy gaz bosimini yanada yaxshilash borasidagi ko‘plab murojaatlar o‘rganildi. Har bir o‘rganilgan murojaat yuzasidan ularning amaliy yechimlariga e’tibor qaratildi. Ijobiy jihatdan hal etilishiga erishilgan bo‘lsa, ba’zilari yuzasidan esa belgilangan tartib asosida tushuntirishlar berildi.
–Sayyor qabul haqidagi e’lonni eshitib, ishtirok etdik, –deydi 91 yoshli fuqaro Tesha Fayziyev. –Murojaatlarimiz tinglandi. “Dilkusho” mahalla fuqarolar yig‘inida yashayman. Gaz quvuri bilan bog‘liq murojaatim bor edi. Murojaatni o‘rganish uchun shahar gaz korxonasiga aniq vazifalar belgilab berildi, o‘rganishdi, bartaraf etilishiga erishilmoqda. Juda xursand bo‘ldik. Shunday sayyor qabullarning tashkil etilishi ko‘plab muammolarning bartaraf etilishini ta’minlaydi.
Sayyor qabul jarayonida iste’molchilarga tabiiy gazni iqtisod qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar o‘tkazildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |