
Prezidentning 2024 yil 24 maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat adliya boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo‘limlari tomonidan mahallalarda olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari o‘z samarasini bermoqda.
O‘tgan ikki oy davomida, “Madad” NNT bilan hamkorlikda viloyatdagi mavjud 788 mahalladan 240 ga yaqinida aholining huquqiy muammolarini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi. “Xonadonbay” o‘rganishlar natijasida 20 mingga yaqin fuqarolar bilan muloqotga kirishildi va 3 mingdan ortiq muammolar aniqlandi.
Jumladan, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Ismatullayev boshchiligida Namangan tumanidagi Kichik qurama mahallasida olib borilgan “Uyma-uy” o‘rganishlarida odamlarni bir necha yildan beri qiynab kelayotgan muammoga duch kelindi.
Aholi yillar mobaynida mahalladagi qishloq vrachlik punktining ishlamasligi sabab sog‘lig‘idagi muammolar bilan tuman markaziga vaqt va ortiqcha mablag‘ sarf etib borishga to‘g‘ri kelayotganini aytib o‘tishdi. Vaholanki, mazkur eski “QVP” xizmatidan 50 mingga yaqin aholi foydalanishi mumkin.
Mazkur murojaat tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan o‘rganilib, ijobiy hal etish uchun adliya idorasining ish yurituviga olindi. Adliya organlari tarafidan joylarda o‘tkazilayotgan “Uyma-uy” o‘rganishlar, sayyor qabul va yuzma-yuz muloqotlardan ko‘zlangan maqsad, avvalo, aholining huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish hamda ularning mavjud muammosini aniqlab, tegishli tartibda hal etishdan iborat.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |