
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 30 may kungi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Jizzax viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Abduvali Mustanov G‘allaorol va Zarbdor tumanlarida bo‘lib, ushbu hudud tadbirkorlari bilan uchrashdi va ularning muammo va takliflarini tingladi.
Uchrashuvlarda tuman hokimlari, sektorlar rahbarlari, tijorat banklari mas’ullari, hokim o‘rinbosarlari hamda tumanda turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari hamda tashabbuskor yosh tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish borasida belgilab berilgan vazifalar, aynan, G‘allaorol va Zarbdor tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, hududlar sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |