2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar 13 foizga ko‘paygan

Ha, shunday. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga joriy yilning birinchi yarmida Samarqand viloyati aholisidan 68,8 mingta murojaatlar kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga ko‘p.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri Mamatjon Turdiyevning qayd etishicha, bu murojaatlarning 50 ming 503 tasi, ya’ni 81 foizi qanoatlantirilgan. 525 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan, 10 mingdan ortig‘i bo‘yicha tushuntirish berilgan va 763 tasi rad etilgan, 212 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi Samarqand (29 foiz), Tayloq (34 foiz), Pastdarg‘om (34 foiz) tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on (34 foiz) va Samarqand (34 foiz) shaharlariga past bo‘lgan. Viloyatdagi Xalq qabulxonalari nazoratida ko‘rib chiqilgan 47 ming 266 ta murojaatning 18 mingga yaqini (39 foizi) ijobiy hal etilgan.  

– Xalq qabulxonalariga o‘tgan davrda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4312 ta yozma va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan, – deydi M.Turdiyev. –  Ularda 5 mingdan ortiq masalalar ko‘tarilgan. O‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganimizda murojaatlar 2021 taga kamaygan. Lekin Virtual va Xalq qabulxonalariga Samarqand shahri hamda Pastdarg‘om, Urgut, Paxtachi va Payariq tumanlaridan murojaatlar ko‘paygan.

Murojaatlarda asosan, pensiya va ijtimoiy ta’minot, ijro ishi, aliment va qarz undirish, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, huquqbuzarliklar, moddiy yordam va homiylik, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faoliyati, davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatish, uy-joy bilan ta’minlash, bandlik, yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar eng ko‘p qayd etilgan. Shu bilan birga bank kreditlari, uy-joy fondini saqlash va boshqaruvchi tashkilotlar faoliyati, yo‘l harakati xavfsizligi, sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishi bilan bog‘liq murojaatlarning dolzarbligi oshgan.

Yarim yil davomida tushgan takroriy murojaatlar 9425 tani tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 taga oshgan. Bu fuqarolarning muammolariga o‘z vaqtida yechim topilmagani yoki murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yana takror sodir bo‘lganidan dalolat beradi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, sektorlar kesimida eng ko‘p murojaat uchinchi sektorlar hududidan, eng kami esa to‘rtinchi sektorlar hududidan qayd etilgan. Mahallalar miqyosida esa Oqdaryo tumani Yangiobod mahallasining 155 nafar fuqarosidan 241 ta masala yuzasidan, Samarqand shahar Qorasuv massividan 144 nafar fuqarodan 192 ta masala bo‘yicha, Pastdarg‘om tumani Bog‘ishamol mahallasi 129 nafar fuqaro tomonidan 282 ta masala bo‘yicha, Paxtachi tumani Istiqlol mahallasida yashovchi 126 nafar fuqarodan 333 ta masala qayd etilgan murojaatlar kelib tushgan.

M.Turdiyevning ta’kidlashicha, bugungi kunda viloyatdagi tashkilotlar ish yurituvidagi 3015 ta murojaatni ko‘rib chiqishning qonunda belgilangan muddati buzilgan. Bu masala yuzasidan ham tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlangan. Aholi murojaatlariga yechim topishda rahbarlarning joylarda sayyor qabullar o‘tkazishi yaxshi samara bermoqda. Yilining birinchi yarmida viloyatda sektor rahbarlari tomonidan 2345 marta sayyor qabul o‘tkazilib, 15 ming 760 nafar fuqarodan jami 16 ming 290 ta masala yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Bu murojaatlarning 63 foizi ijobiy hal etilgan.

Ammo, mahalliy darajada hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmasligi, mas’ullar tomonidan aholiga mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha tezkor va ishonchli axborot taqdim etilmayotgani oqibatida respublika darajasidagi rahbarlar, jumladan davlat rahbari qabulini tashkil etish so‘rovlari tushishda davom etmoqda. Xususan, viloyat aholisidan rahbarlar shaxsiy qabulini so‘rab 489 ta, jumladan, davlat rahbari qabuliga kirish masalasida 208 ta murojaat kelib tushgan.

Viloyat tashkilotlarining ko‘p murojaat qiluvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash darajasi ham sustligicha qolmoqda. Jumladan, yarim yilda 333 nafar fuqaro 10 martadan 50 martagacha, 10 nafari 50 martadan ko‘p murojaat qilgan.

01.07.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar