Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabulda ikki nafar fuqaro oqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Oliy sud raisining o‘rinbosari Shuhrat Polvonov boshchiligidagi ishchi guruh ishtirokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Ellikqal’a tumanida o‘tkazilgan qabulda 60  nafarga yaqin fuqaroning fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy yo‘nalishdagi masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi.  26 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 28 ta murojaat qanoatlantirildi, 4 ta shikoyat va ariza qonuniy ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Jumladan, sayyor qabul davomida probatsiya hisobida jazo muddatlarini o‘tayotgan mahkumlarning ham murojaatlari ko‘rib chiqilib, tuman ichki ishlar bo‘limi rahbari tomonidan keltirilgan iltimosnomalar ochiq sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi hamda 24 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazo muddatlari shartlisiga almashtirildi.  Ikki nafar fuqaro oqlandi.

Murojaatlarning 28 tasi shu yerning o‘zida mas’ullar bilan ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan tushuntirish berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, sud raislari tomonidan ijrosi nazoratga olindi.

23.06.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar