Farg‘ona shahrida Oliy sud raisi o‘rinbosari Sh. Polvonov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 92 nafar fuqaroning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari o‘rganildi.
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilib, barcha davlat idoralarida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan shaffof tizim o‘zining amaliy natijasini bermoqda. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda ayni muddao bo‘layotir.
Farg‘onada o‘tgan sayyor qabulda ham 92 ta murojaatning asosiy qismi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, bitta murojaat qanoatlantirildi, 2 ta shikoyat va ariza qonuniy ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan taqdimnoma va iltimosnomalar asosida 54 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Shuningdek, 8 nafar shaxsga nisbatan sud ishi yarashuv asosida tugatildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 22 ta aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш учун кредит | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |