Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Guliston shahridagi Yoshlar markazida umumta’lim maktabini tamomlayotgan bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi.
Videokonferensiya aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’limga oid ko‘plab istiqbolli loyihalar asoschisi Umidjon Ishmuhammedov, bitiruvchilar, ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilar ishtirok etdi. Viloyat hokimi yoshlar bilan dildan suhbatlashib, ularni jamiyatning ilg‘or qatlamlari qatoridan o‘rin egallash sari undadi. Buning uchun esa birinchi navbatda aniq maqsad bo‘lishi va maqsadga erishish uchun esa to‘g‘ri yo‘l, o‘qish, izlanish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, hal etish lozim bo‘lgan masalalar yechimi bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Yil davomida maktab hayotida faol ishtirok etgan ota-onalar, a’lo baholari, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan, xalqaro hamda respublika darajasidagi tanlov va musobaqalarda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar taqdirlandi.
Shuningdek, muddatidan avval nufuzli oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan iqtidorli bitiruvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bundan tashqari, viloyatdagi 40 ta maktabga umumiy qiymati 1 milliard so‘m bo‘lgan zamonaviy elektron doskalar topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida viloyatda 10 ming 251 nafar o‘quvchi o‘rta maktabni tamomlaydi. Ularning 371 nafari muddatidan oldin OTMga talabalikka tavsiya etilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш учун кредит | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш | Ишонч телефони | 21 May 2024 | 29 May 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Пиллачилик | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
Турар жой объектларининг вақтида фойдаланишга топширилмаслиги | Ишонч телефони | 4 Iyul 2024 | 16 Iyul 2024 | Navoiy viloyati |
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Ишонч телефони | 24 Iyul 2024 | 10 Avgust 2024 | Sirdaryo viloyati |
Савдода истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлиги | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизиш | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |