2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ehtiyoji bo‘lgan 500 ta oila tomorqasiga bepul quduq qazib beriladi

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish davlatimiz rahbarining qat’iy topshirig‘i va bugungi kunning o‘tkir talabidir.

Prezident Xalq qabulxonasi ayni shu topshiriq ijrosi bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan Jizzax viloyati tumanlarida ish olib borib, qisqa muddatda murojaatchilar bandligi ta’minlanmoqda.

Xususan, Prezident Xalq qabulxonasi hisobidan Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi 80 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari va pishiriq pishirish pechlari olib berildi. Bu esa asosan moddiy yordam masalasida murojaat qilgan shu ayollarning ishlab daromad topishi, ro‘zg‘ori but bo‘lishi uchun yana bir qo‘shimcha imkoniyatdir.

Tikuv mashinali bo‘lgan 75 nafar ayol baxmallik 22 nafar tadbirkor bilan kichik kooperatsiyalar tashkil qilib, ish boshladi. Tadbirkorlarning barchasi tikuvchilik sohasida boy tajribaga, yetarlicha salohiyat-u barqaror ish hajmiga, eng muhimi, o‘z bozoriga ega.

Shulardan biri Zulayho Yo‘ldosheva to‘rt yildan beri Baxmalning Navro‘z qishlog‘idan Toshkent bozorlariga kiyim-kechak yetkazib beradi. Buyurtmasi kundan kun ko‘payib borayotgan bu oilaviy korxona bilan shu qishloqda yashovchi yana 9 nafar tikuvchi kooperatsiya tashkil qilgach, sexning ishchilari soni 22 nafarga yetdi.

Xuddi shunday kamida besh yillik tajribaga ega baxmallik Marhabo Nazarova va Mehriniso Rahmonova kabi yosh tadbirkorlar ham 3-4 nafardan yangi chevarlarni yoniga olib, faoliyatini yanada kengaytirdi. Ularning aytishicha, ishlagan chevar Baxmalning shu chekka qishlog‘ida turib ham oyiga 3-4 million so‘m bemalol daromad qila oladi.

Prezident Xalq qabulxonasining aholi qo‘shimcha daromad qilishi uchun sharoit-u imkoniyat yaratishga oid navbatdagi loyihasi og‘ir cho‘l hududi Arnasoyga to‘g‘ri keldi. Maqsad – oqar suv taqchil paytda tomorqalardagi ekinlarni saqlab qolish uchun sizot suvlaridan foydalanishni tashkil qilishdan iborat. Buning uchun tez orada og‘ir sharoitdagi 500 ta xonadon tomorqasida ichki imkoniyatlar hisobidan quduq qaziladi. Ichishga yaroqsiz bu sizot suvlariga mahalliy o‘g‘it aralashtirilib, asosan yoz chillasida ekinlarni sug‘orish mumkin. Chinobod mahallasida yashovchi O‘lmasjon Xudoyberdiyev bir necha yildirki, shu usuldan foydalanib, daromad qiladi.

Tuman sektorlari rahbarlari bu borada yana bir tashabbus bilan chiqishdi: Zarafshon mahallasida tajriba tariqasida ichki imkoniyatlar hisobilan tomorqalarga 7 tonnalik rezervuarlar o‘rnatilyapti. Agar bu tajriba amalda o‘zini oqlasa, keyingi bosqichda arnasoylik yana 150 ta xonadon o‘z tomorqasida zaxira sug‘orish mexanizmiga ega bo‘ladi.

G‘afur G‘ulom nomidagi mahallada yashovchi Olim Shomilov o‘tgan yil dekabrda kredit olib, Arnasoyda birinchi bo‘lib tomorqasida kichik gidroponika qurdi. Tomchilatib sug‘orish orqali qulupnay yetishtirdi. Daromad yaxshi bo‘lganini ko‘rgan qo‘ni-qo‘shnilar ham bunga qiziqa boshladi.

Bularning barchasi qishloq aholisiga oyog‘i ostidagi “xazina kaliti”ni topib berishga xizmat qiladi. Tomorqasidan unumli foydalanib, qo‘shimcha daromad topadigan inson esa hech qachon kambag‘al bo‘lmaydi.

 

24.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar