2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Pirovard maqsad – aholi bandligini ta’minlash

Mamlakatimizda aholi muammolarini hal qilish, «mahalla yettiligi» hamkorligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash, tomorqalardan foydalanishni samarali tashkil etish kabi yo‘nalishlarda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi hamda tegishli vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Jizzax viloyatida davom ettirmoqda.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi guruh mutasaddilari viloyat tumanlarida mahalla faollari, yoshlar bilan ochiq muloqotlar, xonadonbay o‘rganishlar olib bormoqda.

Jumladan, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, tadbirkorlik istagini bildirgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash orqali issiqxonalarni tashkil etish, dehqonchilik qilish uchun yer maydonlarini ajratishda amaliy ko‘mak berishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Xususan, Xalq qabulxonasi tomonidan Paxtakor tumanida uy sharoitida biogumus va qo‘ziqorinning shampinion turini yetishtirish va shu orqali daromad topishga qaratilgan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalla faollari, hokim yordamchilari hamda tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar ishtirokida «BEST GOLD CROWN» MCHJda tashkil etildi.

Misol uchun tadbirkor A.Hayitov o‘tgan yili 33 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga 8 kvadrat metr maydonda Kaliforniya qizil chuvalchangini parvarishlashni boshlagan edi. Bugunga kelib 72 kvadrat metr maydonda ishlab chiqarishni kengaytirib, xaridorlarga 50-100 tonna biogumus yetkazib bermoqda. 

– Hozirgi kunda bir kilogramm biogumus bozorda o‘rtacha ming so‘mni tashkil etadi, – deydi A.Hayitov. – Kelgusida qishloq xo‘jaligi uchun juda muhim hisoblangan bu mahsulotni tashqi bozorga ham yetkazib berishga kirishsak, daromad ham shunga yarasha ko‘payadi.

A.Hayitov boshchiligida turmush o‘rtog‘i, farzandlari tomonidan shanpinion qo‘ziqorini 100 metr kvadratda yetishtirilmoqda. Bir mavsumda o‘rtacha hosil 1500 kilogrammdan oshadi.

Tadbir yakunida 15 nafar fuqaro ushbu yo‘nalishda o‘z tadbirkorligini boshlash istagini bildirib, Xalq qabulxonasi tomonidan kerakli amaliy ko‘maklarni olishdi.

Respublika ishchi guruhining Arnasoy tumanida o‘rganishlari natijasida Bo‘ston mahallasida istiqomat qiluvchi Sherzod G‘aybullayev Xalq qabulxonasi tavsiyasi asosida imtiyozli kredit olib, tadbirkorlikni boshladi. U 2 sotix maydonda pomidor ko‘chatlarini yetishtiradigan bo‘ldi. Qolaversa, Sherzod o‘zidan tashqari yana ikki kishini ish bilan ta’minladi.

Tinchlik mahallasida «Ayollar» va «Yoshlar» daftaridagi 29 nafar fuqaroga 20 sotixdan ajratilgan, jami 5.8 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan «Bir kontur – bir mahsulot – bir mahalla» tamoyili asosida eksportbop mahsulotlar yetishtirish uchun yer tayyorlash jarayonlari bilan tanishildi va yoshlarga tegishli tavsiyalar, amaliy ko‘maklar ko‘rsatildi.

18.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar