2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
20 milliard soʻmga toʻrtta mahalla obod boʻldi

Fargʻona viloyati Quva tumanida “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari asosida “Tolmozor”, “Akbarobod”, “Toshkent” va “Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻinlarida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Buning uchun qariyb 20 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.

Bugun hudud qiyofasini butunlay oʻzgartirish, odamlarning turmush sharoitini yanada yaxshilash, qishloqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Odamlarni hayotidan rozi qilish, shahardagidek yashash sharoiti yaratish maqsadida boshlangan ezgu tashabbus katta harakatga aylandi.

 

Quva – Fargʻona vodiysining maftunkor maskanlaridan. Keyingi yillarda tuman aholisining turmush darajasini yuksaltirish, aholi uchun qulay madaniy-maishiy sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yangi ish oʻrinlari ochish, aholi farovonligini oshirish, oilalar tinchligini taʼminlashning muhim omili boʻlmoqda. Buni tumandagi barcha 65 ta mahalla fuqarolar yigʻini misolida ham koʻrish mumkin.

 

“Obod mahalla” dasturi doirasida tumandagi “Toshkent” va “Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻinida 11 milliard 898 million soʻmlikdan ortiq qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Natijada 300ta yakka tartibdagi va 39ta koʻp qavatli uy-joy taʼmirlandi, 3,4 kilometr uzunlikda ichimlik suvi tarmogʻi tortildi, 20 kilometrga yaqin tabiiy gaz tarmoqlari taʼmirlandi.

 

– Mahallamiz tuman markazida joylashgan boʻlsa-da, shu paytga qadar madaniy-maishiy sharoitlar yoʻq edi, – deydi “Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Parpiboy Karimov. – Yozda ichimlik suvi, qishda tabiiy gaz, elektr taʼminotida yuzaga keladigan nosozliklar aholining haqli eʼtiroziga sabab boʻlardi. “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar bu boradagi muammolarni bartaraf etish imkoniyatini berdi. Shu kunga qadar 5ta koʻp qavatli uyning oqova suv tarmogʻi qurib bitkazildi, yoʻl va yoʻlaklar asfaltlandi, 7ta uyning tomi profnastil, 1ta uyning tomi shifer va 5ta uyning tomi polizol qoplamasi bilan yopildi, 13ta uyning fasad qismi toʻliq taʼmirlandi, 8 kilometrlik gaz tarmogʻi, bitta transformator punkti taʼmirdan chiqarildi.

 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga joriy etilayotgan hayotbaxsh dasturlar hududlar obodligini taʼminlash, odamlar turmush tarzini yuksaltirish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

– Sevinchimni soʻz bilan ifodalab berolmayman, – deydi Choʻlponoy Moʻydinova. – Bir xonali uyda ikki kelinim, voyaga yetgan qizim bilan yashardik. Dastur doirasida olib borilgan oʻrganishlar natijasida bizga imtiyozli tarzda namunali uy-joy berildi, oʻgʻil va kelinlarim foydali ish bilan band boʻldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan ezgu ishlar, mahalladoshlarimizning amaliy koʻmagi, qoʻllab-quvvatlashi oilamiz tinchligi, totuvligini taʼminlayotganidan minnatdorman.

 

“Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻinida tadbirkor Murodil Haydarov tashabbusi bilan zamonaviy savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Milliy meʼmorchilik andozalari bilan uygʻunlashgan zamonaviy majmuada savdo, ishlab chiqarish va aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur boʻlgan maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlari ish olib bormoqda. “Obod mahalla” dasturi asosida qad koʻtargan inshoot bir vaqtning oʻzida 300 nafar yoshlar bandligini taʼminladi.

 

Sirasini aytganda, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar qish chillasida ham toʻxtagani yoʻq. Buni hududlarda yuz berayotgan oʻzgarishlar, kun sayin koʻpayib borayotgan obod qishloq va mahallalar misolida ham koʻrish mumkin. Demak, xalqimiz ulkan maqsadlar bilan boshlangan ezgu islohotlarda hamjihatlikda ishtirok etmoqda.

 

5.JPG

 

7.JPG

 

10.JPG

 

12.JPG

 

 

M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), OʻzA

17.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar