2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘zbekiston ichki yo‘llari sement-beton qoplamali yo‘llarga aylantiriladi

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida O‘zbekiston ichki yo‘llarni yangicha yondashuv va xalqaro standartlarga moslash uchun “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Buning uchun loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlardagi 86 ta tumanda, 770 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan 272 ta mahalladagi 841 kilometr yo‘llar sement-beton qoplama bilan yangidan quriladi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 304,9 million AQSH dollari, shundan, Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘lari – 240,0 million AQSH dollarini tashkil etadi. O‘zbekiston respublikasi Hukumatining ulushi – 64,86 million AQSH dollaridan iborat.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, qurilish hamda texnik nazorat ishlari to‘liq mahalliy pudratchilar – xususiy tadbirkorlar va mahalliy muhandislar tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘llar foydalanishga qabul qilinganidan so‘ng, bosh pudratchi tomonidan 5-yil davomida kafolatli soz holatda saqlanadi va ekspluatatsiya qilinadi.

“Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasi ikkinchi bosqichi doirasida Xalq deputatlar Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Kengashlarining qaroriga muvofiq dastlabki manzilli ro‘yxatlar shakllantirildi. Manzilli ro‘yxatga ko‘ra, Jizzax viloyatida 83 km, Sirdaryo viloyatida 67 km uzunlikdagi jami 150 km sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish belgilab olindi. Shuningdek, o‘tgan 2023-yil 29-dekabrda O‘zbekiston respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida loyihani moliyalashtirish maqsadida 240,0 million dollar qiymatidagi qarz bitimi imzolangan.

Loyiha 2023 — 2032-yillar davomida amalga oshiriladi. Har bir qurilgan 1 km yo‘lda kamida 2−10 qatorgacha 2 km daraxt ekilishi ham rejalashtirilgan. 

Keyingi bosqichda qurilishi amalga oshiriladigan ichki yo‘llarning dastlabki ro‘yxati va qiymati shakllantirilgan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston respublikasi – 62 km, Xorazm viloyati – 67 km, Buxoro viloyati – 61 km, Navoiy viloyati – 61 km, Samarqand viloyati – 60 km, Qashqadaryo viloyati – 61 km, Surxondaryo viloyati – 65 km, Toshkent viloyati – 59 km, Farg‘ona viloyati – 62 km, Namangan viloyati – 62 km, Andijon viloyati – 71 km. Hammasi bo‘lib, 841 km, shundan maqbullashtiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha yangi loyihalar bo‘yicha 110 km uzunlikdagi mahalliy va ichki yo‘llar quriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

10.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar