2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Birinchi chorakda yana to‘rtta mahalla obod bo‘ldi

Bugun Farg‘onaga kelgan kishi ko‘plab obod va fayzli mahallalarni ko‘rib, dili yayraydi.

Bu shunchaki gaplar emas. Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish ishlari mahallalarning butkul qiyofasini yangilayapti, hududning infratuzilmasi takomillashtirilib, aholi turmush darajasini yaxshilash choralari ko‘rilyapti. 

Joriy yilning birinchi choragida Marg‘ilon shahridagi “Baxrin”, O‘zbekiston tumanidagi “”Sulaymon”, Uchko‘prik tumanidagi “”Yakkamulla” hamda Toshloq tumanidagi “Piyozchilik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgani ana shu ezgu sa’y-harakatlarning davomidir. 

Sulaymon mahallasi bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston tumanidagi, balki viloyatdagi namunali maskan sifatida e’tirof etilmoqda. Bu yerda  “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari hayotga tatbiq etilib, turli ijtimoiy muammolarni hal qilish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallani tadbirkorlik markazlariga aylantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.

Mahalladagi 638 ta xonadonda 3 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Umumiy hisobda 428 ta xonadon ta’mirlandi. 3 ta oilaga yangi uy qurib berildi. Mahalladagi 13 ta ko‘chada 1,5 kilometr yo‘l shag‘al qilinib, 650 metr piyodalar yo‘lagi barpo etildi, 5,3 kilometr uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘iga SIP kabellar tortildi, 2 ta yangi transformator o‘rnatilib, 1 tasi ta’mirlandi, 295 ta temir-beton ustunlar o‘rnatildi, 4 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlanib, 6,6 kilometr gaz tarmog‘i ta’mirlandi. 2,6 kilometr uzunlikdagi yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 1 ta ichimlik suvi qudug‘i qazildi, 2 kilometr uzunlikdagi ariqlar betonlashtirildi.

Bundan tashqari, mahallaning kirish joyiga yangi peshlavha  va video kuzatuv moslamalari o‘rnatildi. Mahalladagi bo‘sh turgan eski bino o‘rnida yangidan nuroniylar maskani, mahalla guzari qurildi. 53-maktab joriy ta’mirlanib, yangi sport maydonchasi qad rostladi. Mahallada kitobxonlikni oshirish maqsadida bo‘sh turgan maydonga yangi va zamonaviy “Book kafe” barpo etildi. Mahalla markazida joylashgan eski bino kapital ta’mirlanib, Jamoatchilik va nuroniylar maskaniga aylantirildi. Ushbu binoda aholiga hizmat ko‘rsatish uchun tibbiyot va ijtimoiy markaz xonalari tashkil etildi. Mahallada bog‘cha yoshidagi bolalarning tarbiyalanishi uchun 50 nafar bolajonga mo‘ljallangan 1 ta oilaviy uy bog‘chasi tashkil etildi. Sportni keng targ‘ib etish bo‘yicha “Workaut” sport maydonchasi va mini stadion qurildi. Mahalladagi qabriston obodonlashtirilib, 200 metr yangi devor qurish ishlari bajarildi.

Husanjon Qobilov  yakka-yolg‘iz yashaydi.  Uy-joylarini ta’mirlash, tartibga keltirish imkoniyatiga ega emas. Oila hayot tarzini o‘rgangan musaddilar hamjihat bo‘lib,  3 xonali shinam uy qurib berishdi.

–-O‘zgarishlarni ko‘rib  bahri- dilim ochilib ketdi, –deydi uy sohibi Husanjon aka. –Uy  qurib beramiz, deyishganida avvaliga ishonmadim. Ko‘nglimni ko‘tarish uchun shunchaki aytib qo‘yishdi-da deb o‘ylagandim. Adashgan ekanman. Bir guruh ustalar kelishib, shag‘al, qum, sement, g‘isht, shifer, taxta olib kelishib, hash-pash deguncha uyni ko‘tarib qo‘yishdi. Bunday saxovatli ishlarning boshida turib, har jihatdan qo‘llab, ko‘mak berayotgan Yurtboshimizdan cheksiz minnatdorman. Hammasi uchun katta rahmat.

Mahalladagi hokim yordamchsi Muhammadamin Solijonovning  aytishicha, birinchi chorakning o‘zida, tadbirkorlik, kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash  uchun 13 ta tadbirkorlik subyektiga 160 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘i berilgan. Bu yo‘nalishda yana ko‘plab tashabbuslar, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ustida ish olib borilyapti.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mahalladagi amalga oshirilgan shu kabi ishlar bilan yaqindan tanishib, yangi ijtimoiy obyektlarning ochilish marosimlarida ham ishtirok etdi.

Obodlikka yuz tutgan mahalladagi yangi bino-inshootlarning foydalanishga topshirish marosimlari katta tantana va bayram sayllariga ulanib ketdi. 

Mahalla o‘yingohiga yig‘ilgan minglab tuman ahli va sulaymonliklar obodlik tadbirlari ro‘yobini katta shodiyona va ko‘tarinkilik bilan nishonladilar. Arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi, tumanning har tomonlama salohiyat va imkoniyatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, sport musobaqalari xamda milliy o‘yinlar, badiiy va folklor jamoalarining milliy kuy-qo‘shiqlari, marosim va qadriyatlar aks etgan dasturlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Tadbir avvalida so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Sulaymon mahallasi fuqarolari, tadbir ishtirokchilarini bahor ayyomi hamda yaqinlashayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy tabrikladi. 

Qilingan ishlar, sa’y-harakatlar e’tirof etilib, Sulaymon mahallasi ahli va tashkilotchilarga minnatdorlik bildirildi. Sulaymon mahallasi nafaqat Farg‘onada, balki butun respublikada namunaga aylanishiga ishonch bildirildi.

Shu kuni mahallaning ana shunday ko‘rkam va obod ko‘rinishga kelishida munosib hissa qo‘shgan jonkuyarlar, turli tanlovlar g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi. “Yoshlar daftari”dagi sulaymonlik bir guruh yigit-qizlar bandligini ta’minlash uchun zaruriy mehnat anjomlari subsidiya asosida bepul taqdim etildi. 

Elimiz ardog‘idagi san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan katta konsert dasturi esa qatnashchilarga olam-olam zavq ulashdi.

Marg‘ilon shahrida “Baxrin” mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Dastur doirasida eski guzar binosi o‘rnida tadbirkor Muhammadjon Oxunov homiyligida davlat-xususiy sheriklik asosida mahalla uchun yangi va zamonaviy ko‘rinishdagi ma’muriy idora binosi qurib bitkazildi. Ikki qavatdan iborat bo‘lgan mahallaning yangi binosida “mahalla yettiligi” uchun alohida xonalar, majlislar zali, jami 9 ta xona mavjud.

Ochilish tadbirida so‘z olgan viloyat hokimi Baxrin mahallasida yangi tashabbus, yangi harakat boshlanganini ta’kidladi. Avval viloyatning 4 ta tumanidagi mahallalarda boshlangan bu harakat bugun Baxrin mahallasida davom etayotganligi qayd etildi.“Baxrin” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi shunday zamonaviy ko‘rinishga kelishida tashabbus ko‘rsatgan tadbirkorga minnatdorlik bildirildi. 

Viloyat rahbari shu kuni qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan Zulhumor Abdug‘afforova yashayotgan xonadonda ham bo‘ldi. Qariyb olti yildan buyon qandolatchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Zulhumor Abdug‘afforova shu kungacha mahalladagi 60 nafardan ziyod xotin-qizga pazandachilik sirlarini puxta o‘rgatdi. Hozir bu yerda 20 xil turdagi shirinliklar tayyorlanmoqda, bu jarayonda 10 nafar mahalladagi qiz bandligi ta’minlangan. Oyiga 10 million so‘mlik sof daromad olinmoqda. 

Ma’lumot uchun: "Baxrin" mahalla fuqarolar yig‘inida 520 ta xonadonda o‘rganishlar o‘tkazildi. “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda mahalladagi 401 ta fuqaroning turarjoylari joriy va kapital ta’mirtalabligi aniqlanib, amaliy ishlarga kirishildi. Ko‘chalarga 143 ta simyog‘och ustuni o‘rnatildi, 2 ta transformator ta’mirlandi, 1 ta yangi transformator o‘rnatildi, 3,5 kilometr SIP kabel tarmog‘i tortildi. 1 ta suv qudug‘i kavlandi, suv inshooti yangisiga almashtirldi. Mavjud 1,1 kilometr suv quvuri yangilandi. Mahalladagi 27-maktab binosi kapital ta’mirdan chiqarildi, “Xo‘ja porso” qabristonida obodonlashtirish ishlari olib borildi. O‘tgan qisqa davr mobaynida mahallalarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari ham o‘tkazildi.

Muxtasar aytganda, yurt obodligi, aholi farovonligi  yo‘lida amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar chekka va olis qishloqlarni   ham obod va ko‘rkam maskanlarga aylantirdi. Buni odamlarning e’tirofi, e’tiboriga sazovor bo‘layotgan  amaliy ishlar ko‘rsatib turibdi.

07.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar