
Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 mart kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi “Sayxunobod tajribasi”ni respublika bo‘yicha ommalashtirish vazifasi topshirilgan edi.
Hozir mazkur tajribani viloyatning Oqoltin tumanidagi mahallalarda ham joriy yetish bo‘yicha keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova tumandagi Shodlik mahallasida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Bosh vazir o‘rinbosari tumanning faol xotin-qizlari bilan muloqot qilib, aholi xonadonlarida tomorqa yerlaridan unumli foydalanib, yiliga 3 martagacha hosil olishni yo‘lga qo‘yish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |