2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sel-suv toshqini oqibatlari bartaraf etilmoqda

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi qir-adirlarda 21-mart kuni kechki payt yog‘gan kuchli yomg‘ir suvlari Arnali va Azlarsoy soylaridan ichki suv tarmoqlariga sig‘masdan toshib, Elobod, Azlarsoy, Yangiobod, Bog‘aro mahallalariga kirib kelgan edi.

Tabiiy ofat Elobod mahallasining ikkita ichki ko‘chasidagi 47 ta xonadonning hovli va tomorqasiga, ayrim turar-joy binolari ichkarisigacha kirib bordi. Azlarsoy mahallasining beshta ichki ko‘chadagi 56 ta xonadon hovli va tomorqasi, ba’zi turarjoy binolari zarar ko‘rdi. Yangi shahar mahallasidagi ikkita to‘rt qavatli uyning yerto‘lasini ham suv bosdi.

Sel-suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish va aholining xavfsizligini ta’minlash uchun tezkorlik bilan Azlarsoy mahallasidagi 56 xonadondan 210 nafar, Elobod mahallasidagi 32 xonadondan 150 nafar aholi xavfsiz hududlardagi yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha ko‘chirildi. Holatni viloyat hokimi shaxsan o‘z nazoratiga olib, toshqinga qarshi tezkor shtab tuzildi. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, Milliy gvardiya viloyat boshqarmalari boshliqlari, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilaridan iborat guruhlar talafot oqibatlarini bartaraf etishga kirishdi. 

Shu kunning o‘zida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholi bilan uchrashib, uylarni ko‘zdan kechirdi. Muammolarini tinglab, sel-suv toshqinining oldin olish bo‘yicha oqsoqollar fikrini tingladi. Shu kunlarda sel-suv toshqini oqibatlarini bartaraf etib, mahallalarni obodonlashtirish, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan bino va inshootlarni ta’mirlash, yangidan qurish, tomorqalarni sel loyqalaridan tozalash ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.  

Bu ishlarni tez, sifatli bajarish uchun tezkor shtab a’zolari mahallalarda talafot ko‘rgan uylarni o‘rganib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Shunga ko‘ra, Elobod mahallasining 16 ta ko‘chasi, Yangishahar va Bog‘ora mahallasining har birida 14 tadan va Azlarsoy” mahallasidagi 17 ta ko‘cha viloyatdagi 14 ta tuman, shahar hokimligi hamda  korxona va tashkilotlarga biriktirildi.  

Tezkor shtabdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ishlarga favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, Janubiy operativ qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari va zarur texnikalari jalb etilgan. Tozalash, obodonlashtirish yumushlarida 1 ming 749 nafar shaxsiy tarkib, 160 ta texnika va 48 ta motopompa ishlamoqda. Tumanlar va Termiz shahridan kelgan ishchi kuchlari, tashkilot, korxonalarning hasharchilari, texnikalari ham tabiiy ofat keltirgan zararni bartaraf etishda faol ishtirok etayotir.  

O‘tgan davrda Elobod mahallasidagi 32 ta xonadonga kirib borgan loyqa suv maxsus texnika va motopompa yordamida chiqarilib, 25 ta xonadonda 112,5 kvadrat-metr maydon loyqa chiqindilardan tozalandi. To‘rtta ichki ko‘chadagi ikki kilometr masofaga shag‘al yotqizildi. Arnali soy sel yo‘lining 800 metr qismidan loyqa chiqindilari chiqarildi.  

Yangishahar mahallasida 27 ta xonadonning suv hovuzlari va 6 ta ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida yig‘ilib qolgan loyqa suvlar chiqarildi. 2,1 kilometr yo‘lga shag‘al to‘shaldi. Yangishahar va Bog‘aro mahallalarini bog‘laydigan ko‘prik ta’mirlanib, texnikalar qatnovi yo‘lga quyildi.  

Bog‘aro, Azlarsoy mahallalarida ham xonadonlar va tomorqalarni loyqa suvdan tozalash, ko‘chalarni obodonlashtirib, shag‘al yotqizish, ta’mirlangan uylarni oqlash, ko‘chat o‘tqazish kabi ishlar qizg‘in olib borilmoqda.  

Mahallalar hududi katta qurilish maydoniga aylangan. Barcha belini mahkam bog‘lab, o‘zlariga biriktirilgan yumushlarni tezroq yakunlashga harakat qilmoqda.

– El boshiga ish tushsa, hamjihatlikda uni tez bartaraf etish, dalda bo‘lish xalqimizga xos yuksak fazilat, – deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abduvohidov. – Shu bois, tabiiy ofat talafotlarini bartaraf etishda xodimlarimiz faol ishtirok etmoqda. Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari mahallalarning sel suvidan tozalangan yashash uylari, oshxona, sanitariya-gigiyena shoxobchasi va boshqa qo‘shimcha xonalarini, ichimlik suv havzalarini dezinfeksiya qilmoqda. Gipoxloridkalsiy poroshogini  tarqatayotir. Tibbiyot xodimlarimiz mahallalar hududidagi 2 ming 129 xonadonni o‘rganib, 7 ming 432 nafar fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Surunkali kasalligi bo‘lgan 975 fuqaroga zarur dori-darmon berildi. 23 kishi davolanishi uchun tibbiyot muassasasiga yotqizildi. Bu tadbirlarni davom ettiryapmiz.  

Elobod mahallasida sel loyqasidan tozalangan Otabek Berdimurodov uyini ko‘zdan kechirdik. Xonadonga deyarli shikast yetmagan. Biroq oshxona va boshqa yordamchi xonalari devorlari yorilib turibdi.  

– Tabiiy ofat bu. Yerto‘lamiz suvga to‘lib qolgan ekan, – deydi Otabek Berdimurodov. – Tez tozalab berishdi. Hovlimiz ham tartibga keltirildi. Buning uchun rahmat. Bu hodisa birinchi marta yuz berayotgani yo‘q. Soy loyqaga to‘lib qoladimi, ishqilib, to‘rt-besh yilda bir marta yuz berib turadi. Ko‘p yillardan beri bir taklifni aytib kelamiz: sel-suv yo‘lini kengaytirib, “Surxon” suv omboriga tushirib yuborish chorasi ko‘rilmasa, bu tashvishdan qutulmaydiganga o‘xshaymiz.  

Sel-suv toshqinidan aziyat chekib kelayotgan aholining bu taklifi inobatga olindi. Zudlik bilan soyning mahallalarga yaqin qismi kengaytirilib, sig‘imini oshirish belgilab olindi. Viloyat rahbarining topshirig‘iga muvofiq ayni paytda mutaxassislar yirik sel-suv kanali qurish loyihasini ishlab chiqmoqda. Uni sifatli amalga oshirib, tez kunlarda yakunlash uchun yetarli texnika va ishchi kuchi jalb etiladi.  

Ayni paytda mahallalar qiyofasini tubdan o‘zgartirish va aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratishga yo‘naltirilgan ishlar davom etmoqda. Shikast yetgan yordamchi xo‘jaliklarini ta’mirlash yoki yangidan qurish uchun zarur qurilish materiallari bilan ta’minlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov har kuni Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, mahallalarda bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.  

23.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar